11:55 / 22.03.2020
6 215

Agar o‘g‘il ko‘rishni istasangiz, ko‘proq tvorog yeng!

Agar o‘g‘il ko‘rishni istasangiz, ko‘proq tvorog yeng!

Tvorogni qadim zamonlardan beri tayyorlab kelishadi. Tvorogni ilk bor, qanday qilib, qachon tayyorlanilgani haqida aniq faktlar mavjud emas. Lekin, shunday taxminlar borki, sut achib qolib, tvorogga aylangan va insonlar tomonidan iste’mol qilinganda, bu ularga juda ham yoqqan.

Qadimda tvorogni bir necha oylargacha saqlay olishgan. Tvorog uzoq muddatgacha saqlanilmasligi uchun ham, sovitkichlar hali bo‘lmagan davrda qadimgi insonlar tvorogni «konservalashgan».

Tvorog har kuni iste’mol qilinsa, tarkibidagi V guruhi vitaminlari metabolizmni me’yoriga keltiradi. V12 vitamini esa miyaning to‘laqonli ishlashida yordam berib, temir moddasining samarali o‘zlashtirilishiga hissa qo‘shadi. Undan tayyorlangan taomlar mushak massasi o‘sishiga va suyaklar holatining yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Uyqudan oldin odam och qolganda tvorog iste’mol qilsa semirmaydi, aksincha, undagi aminokislotalar qonga tushib, to‘yish hissini paydo qiladi. Tvorogdagi riboflavin tiamin bilan birgalikda uglevodlarni quvvatga aylantirib beradi, undagi panteon kislotasi esa oqsil, yog‘lar, uglevod va aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi.

Tvorog arteriyalardagi qon bosimini nazorat qiladi, tromblar hosil bo‘lishiga qarshi kurashadi. Biroq buning uchun har kun 200 grammga yaqin tvorog iste’mol qilish lozim. Ayniqsa, ikkinchi turdagi diabetda tvorogni doimiy ratsionga kiritish tavsiya etiladi. U qondagi qand miqdorini me’yoriga keltirishga yordam beradi. Biroq bunda mahsulotning yog‘lilik darajasi 1,5 foizdan oshmasligi lozim, aks holda organizmga zarar keltirishi mumkin.

Tvorogni sevuvchilarning tishlari hamda suyaklari mustahkam bo‘ladi. Chunki kalsiyning kundalik normasining uchdan bir qismini tvorogdan olish mumkin. Tarkibida protein, kalsiy va D vitamini ko‘p bo‘lgani uchun tvorog gormonlar muvozanatini barqarorlashtiradi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, muntazam tvorog iste’mol qilish ko‘krak bezi saratoni xavfini kamaytirar ekan.

O‘G‘IL KO‘RISHNI ISTAGANLAR KO‘PROQ TVOROG YESIN
Organizmda barcha tizimlar yaxshi ishlasa va almashinuv jarayonlari ovqatlanish bilan qo‘llab-quvvatlansa, insultning yuzaga kelish xavfi minimum darajada bo‘ladi. Tarkibida tuz miqdori ko‘p bo‘lganda esa buyrak kasalliklarida tvorog iste’molini cheklash lozim.

Homilador ayollar kuniga 200 g tvorog iste’mol qilishsa, farzandining suyaklari baquvvat bo‘ladi. O‘g‘il farzand ko‘rishni istagan ayollarga ham ko‘proq tvorog, sut-qatiq iste’mol qilish buyuriladi.

Ateroskleroz, gipertoniya va jigar xastaliklari bilan og‘rigan bemorlarga yog‘siz tvorog tavsiya qilinadi. Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi hamda gastrit kasalliklarida ertalab tvorog iste’mol qilish juda foydali.

Suyak sinishlari, lat yeyish, turli xildagi jarohatlarda sut-qatiq bilan birga tvorog iste’mol qilish ham shikastlanishlar tez tuzalishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, asabiy, jizzaki va surunkali charchoq alomatlaridan shikoyat qiluvchilar ko‘proq tvorog yeyishi kerak.

Bolalarda tomoq og‘rig‘i va yo‘tal kuzatilganda quruq tvorogni ozroq asal bilan aralashtirib, iste’mol qilinsa, bronxlarning holatini yaxshilaydi.

Yog‘li tvorogni quruq yuz terisi uchun niqob o‘rnida ishlatish mumkin. Bunda quruq tvorogga ozroq o‘simlik yog‘i aralashtirib, yuzingizga surtsangiz, terini yumshatib, silliq qiladi.

Uzoq umr ko‘rishni istasangiz, tvorogni kanda qilmang. Smetana bilan aralashtirsangiz ham shakar miqdorini oshirmang. Shirasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, foydali xususiyati shunchalik kamayib boradi.

Go‘dakning 6-7 oyligidan boshlab, oz-ozdan tvorog berib borish mumkin. Avvaliga 1-2 osh qoshiqdan keyin miqdorini ko‘paytirasiz.
Bir hissa yog‘siz tvorogda 30 g oqsil bor. Tvorog tarkibida, shuningdek, V12 vitamini, kalsiy va fosfor mavjud. Muntazam tvorog iste’mol qilish organizmni oqsilga boyitibgina qolmay, soch va tirnoqlarni mustahkamlaydi, yuz rangini yaxshilab, immun tizimiga foyda beradi.

Tvorogga yong‘oq, asal qo‘shish mumkin. Agar shirinlikka qarshi bo‘lsangiz, tuz, ukrop, sarimsoq qo‘shsangiz bo‘ladi. Tvorogdan keks, pechene va turli kokteyllar tayyorlash mumkin. Bu universal mahsulot har kuni dasturxonda bo‘lishi kerak.

Hamma tvorogli mahsulotlar ham foydali emas. Har xil tvorogli pishloqlar, ya’ni siroklar, desertlar mazali bo‘lgani bilan ularning foydasi deyarli yo‘q. Chunki ularga har xil qo‘shimcha moddalar qo‘shiladi va tvorogning asl tarkibi buziladi.

ZARARI HAM BOR!
Tvorogni haddan ziyod iste’mol qilish yaramaydi. Tvorog qanchalik foydali bo‘lmasin, uni haddan ortiq yeyish ham zararli. Uni ko‘pi bilan haftada 3-4 marta iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Tvorogni kechqurun iste’mol qilish tavsiya qilinadi, u tez hazm bo‘lib, organizmni to‘yintiradi.

QANDAY TVOROGNI SOTIB OLAMIZ?
Yirik donli tvorog qandli diabet, yurak xastaliklariga chalingan bemorlar uchun tavsiya etiladi. Tvorogning bu turi mayin bo‘lib, tez aynimaydi. Xarid qilingan tvorogning saqlanish muddati 2 kundan oshmasligi kerak. Suvi ajralib, achimtir maza sezila boshlasa, bu tvorogni iste’mol qilmang. Aks holda oshqozon-ichak muammosi paydo bo‘lishi mumkin.

Tabiiy sutdan olingan tvorog eng yaxshi tvorog sanaladi. Sifatli tvorogning rangi oqish bo‘lib, ko‘k va yashilga moyilligi bo‘lmaydi. Suvi ajralib turmaydi. Ta’mi ham achimtir yoki nordonsifat bo‘lsa, yaxshi tvorog bo‘lmaydi. Yangi tvorogning hidi ham yoqimli bo‘ladi. Maqbul tvorog uncha suyuq ham emas, qattiq ham emas, quruq ham emas, o‘rtacha quyuqlikda bo‘lishi kerak.

Uyda tayyorlangan yoki muddati o‘tgan tvorogda zararli bakteriyalar bo‘lishi mumkin. Bozordan va do‘kondan tvorog sotib olganingizda, albatta, uning uzoq turib qolmaganligiga ahamiyat qarating.

Do‘kondan olganda tvorogning ivigan qog‘ozdagisini emas, plastik qadoqdagisini xarid qiling. Shuningdek, mahsulotning yog‘lilik darajasini bilish ham muhim hisoblanadi. Sog‘lom turmush tarziga rioya qiluvchilar kalsiy organizm tomonidan yog‘siz hazm qilinmasligini bilishlari lozim.

Unutmang, yog‘liligi kam tvorog osteoporozda umuman foydali emas. Shuning uchun kamida 9 foiz yog‘lilik darajasiga ega tvorogni iste’mol qiling. Bundan tashqari, sotib olganda mahsulotning ishlab chiqaruvchisi, tarkibi, chiqarilgan sanasi bilan qiziqing.
Esingizda bo‘lsin, tabiiy tvorog 1 haftadan ortiq turmaydi. Agar uning qadog‘ida ko‘proq muddat ko‘rsatilgan bo‘lsa, demak, tarkibiga kimyoviy modda qo‘shilgan bo‘ladi.

Agar tvorogga arzon o‘simlik moylari qo‘shilgan deb o‘ylasangiz, undan bir qoshiq olib xona haroratida 1 kun qo‘yib ko‘ring. Shunchaki likopchada ustini berkitmay qo‘ying. Bir kecha-kunduz turganda sarg‘ayib, usti qotib qolsa, demak, bu — haqiqiy tvorog. Agarda bir kecha-kunduzda ham aynimay oppoq bo‘lib turaversa, uning tarkibiga palma yog‘i, soya yog‘i yoki boshqa konservantlar qo‘shilgan bo‘ladi.

Tvorogni saqlash qiyin. Tvorogni muzlatib bo‘lmaydi, aks holda uning barcha foydali xususiyatlari yo‘qoladi. Tvorogni shisha, sirlangan yoki chinni idishga solib ustini yoping va ko‘pi bilan 4 kun sovitkichda saqlang. Tvorog xona haroratida juda tez buziladi.

UYDA TVOROG TAYYORLASHNI BILASIZMI?
Ayrimlar tvorogni do‘kon yoki bozordan olgandan ko‘ra, uyda o‘zi tayyorlashni ma’qul ko‘radi. Unda uyingizda sog‘in sigir bo‘lmasa, 3 l sut sizga yetadi. Undan yarim kg tvorog olish mumkin. Buning uchun sutni oldin issiqda achitasiz. Agar shoshib turgan bo‘lsangiz, sutga bir qoshiq qatiq, kefir yoki smetana qo‘shasiz. Keyin sutni gazga qo‘yib, tvorogsimon mayda donachalarga ajralguncha qaynatasiz. Keyin hosil bo‘lgan massani dokadan o‘tkazasiz va suvi oqib ketguncha osib qo‘yasiz. Natijada ajoyib parhezbop mahsulot hosil bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Agar o‘g‘il ko‘rishni istasangiz, ko‘proq tvorog yeng!