
Husnixatdan ruhiyatingiz bo‘yicha kimligingizni bilmoqchi bo‘lsangiz, bir varaq qog‘oz olib, fikringizni bir joyga joylang va unga bir –ikki jumlani yozing. So‘ng matnda quyidagilarni aniqlang.
1. Harflarning o‘lchami:
A) juda kichkina-3 ball;
B) kichkina-7 ball;
V) o‘rtacha-17 ball;
G) katta-20 ball.
2. Harflarning og‘ishi:
A) chapga og‘gan-2 ball;
B) biroz chapga og‘gan-5 ball;
V) o‘ngga og‘gan-14 ball;
G) keskin o‘ngga og‘gan-6 ball.
3. Satrning yo‘nalishi:
A) satr yuqoriga yo‘nalgan-16 ball;
B) satr to‘g‘riga yo‘nalgan-12 ball;
V) satr pastga yo‘nalgan-1 ball.
4. Qalamni bosish darajada:
A) yengil-8 ball;
B) o‘rtacha-15 ball;
V) juda kuchli-21 ball.
5. So‘zlarni yozish usuli:
A) harflarni va so‘zlarni bog‘lashga intilish bor-11 ball;
B) harflarni bir-biridan uzishga intilish bor-18 ball;
V) aralash uslub-15 ball.
6.Umumiy baho:
A) xat qunt bilan yozilgan, harflar aniq-13 ball;
B) xat paydar-pay yozilgan, ba’zi harflarni o‘qib bo‘lmaydi-6 ball;
V) xat yomon yozilgan, o‘qish qiyin-4 ball .
Natijalar talqini:
38-51 ball. Bunday husnixat sog‘lig‘i yomonlashgan, keksaroq kishilarda bo‘ladi.
52-63 ball. His-tuyg‘ulari va kayfiyati ancha turg‘un bo‘lgan, sekin harakat qiladigan, yuz tuzilishidan biror mano o‘qish qiyin bo‘lgan, og‘ir, vazmin odamlar shunday yozishadi.
64-75 ball. Bunday husnixat egalari qatiyatsiz, yumshoq ko‘ngil bo‘lishadi. Ular soddaroq bo‘lsalarda, o‘z qadr-qimmatini juda yaxshi bilishadi.
76-87 ball. Dilkash va ta’sirchan, ochiq va ko‘nglidagini aytadigan kishilarga xos.
99-109 ball. Individualistlarning husnixati shunaqa bo‘ladi. Ular tez jahli chiqadigan yoki tez xursand bo‘ladigan, o‘tkir aql sohibidirlar. Fikrlashda va faoliyatda boshqalardan o‘ta mustaqilligi bilan farq qiladi. Bunday odamlar tez xafa bo‘ladilar. Ular bilan muloqotda bo‘lish mushkul. Qobiliyatli va ijodga moyil odamlarga xos.
110-121 ball. Bunday husnixat egalarida mas’uliyat tuyg‘usi bo‘lmaydi hamda ular intizomsizlik, qo‘pollik va o‘ziga bino qo‘yish xislatlarga ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar