Foto: «Chayxona.uz»
Iftorlik dasturxonini tansiq taom bilan bezashni istagan, ammo nima pishirishga boshi qotganlar uchun qovurma manti retseptini havola etamiz.
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Go‘sht — 500 gr
- Piyoz— 300-400 gr
- Tuz va ziravorlar —ta’bga qarab
Xamiriga:
- Iliq suv — 1 piyola
- Un — 500-600 gr
- Tuz
Tayyorlanish jarayoni:
- Xamir uchun kerakli mahsulotlarni qo‘shib xamir qoring, ustini yopib 1 soat tingani qo‘ying.
- Piyoz va go‘shtni mayda to‘g‘rab, tuz va murch qo‘shib aralashtiring.
- Xamirni mantiga kerakli shaklda yoying.
- Xamir bo‘laklarini go‘shtli aralashma bilan to‘ldiring.
- Tovaga yog‘ solib qizdiring. Yog‘, mantilar tovaga solinganida ustini qoplashi kerak.
- Yaxshilab qovurib olgach, ustini yopib past olovda dimlang.
- Tayyor mantilarni qatiq yoki suzma bilan dasturxonga tortish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
NATO rahbariyati g‘arbdagi yirik kompaniyalarni urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
2050 yilda 1,2 milliardgacha odam yashash joyini tark etadi
Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan sex aniqlandi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi