Avval bir stakan qaynatilgan suvni olib unga bir paketcha na’matak mevasining kukunidan solamiz (dorixonalarda bor) keyin ichimligimiz yanada vitaminlarga boy bo‘lishi uchun uni koritsa daraxti shoxchasi bilan aralashtiramiz (dorivor sotadiganlardan olasiz) bu bizga yoqimli ta’m berish bilan birga ichimligimizni shifobaxshlik xususiyatini oshiradi.
Asalni 70 gradus issiqlikdan baland haroratdagi suvga aralashtirishni tavsiya qilmayman shu sababdan buni oxirida qo‘shamiz shu holatda asalimizni vitaminlari tirik saqlanib qoladi. Asalni eritib bo‘lganimizdan so‘ng ichimligimiz tayyor holatga keladi va buni arab xurmosi bilan birga iste’mol qilamiz. Quyida iste’mol qilish tartibi haqida yozib beraman.
Misol tariqasida tushuntiradigan bo‘lsam yuqoridagi to‘rt xil mahsulot alohida iste’mol qilinganda har biri o‘n karra foyda qilsa to‘rtalasi 40 karra foyda qiladi, bularni hammasini bir vaqtni o‘zida iste’mol qilgan paytda buni kuchi kamida ikki baravarga oshib 80 karra foyda qiladi. Bu immunitetni tiklashning eng samarali retsepti hisoblanadi.
Yuqoridagi retsept bo‘yicha immunitetni mustahkamlash hamda ko‘p kasalliklardan xalos bo‘lish mumkin, faqat buni aytganimdek tayyorlab quyida aytib o‘tiladigan tartibda iste’mol qilish kerak bo‘ladi.
Iste’mol qilish tartibi
Ko‘pchilik asal, xurmo, na’matakdek o‘ta vitaminlarga boy mahsulotlarni noto‘g‘ri iste’mol qiladi va buning natijasida bu mahsulotlar judayam kam foyda qiladi yoki umuman foydasi tegmaydi. Shu sababdan bu mahsulotlarni avvalo och qorinda alohida holatda yeyishni tavsiya qilaman, yeyilgandan so‘ng boshqa hech narsa yemasdan 2 soat kutish kerak. Shundagina yuqori darajada foyda beradi.
Eng foyda beradigan payt bu sport mashg‘ulotlaridan keyin yoki ertalabki nonushta tarzidadir. Ikki holatdayam organizm tashna holatda vitaminlarni qabul qilishga shay turadi. Ertalab uyg‘onganda yoki trenirovkadan so‘ng faqat 200 mlgacha suv ichish mumkin, taxminan 30 daqiqa o‘tgandan so‘ng men aytganday na’matakni tayyorlab xurmo bilan birga iste’mol qilinadi, xurmodan xohlaganingizcha yeyishigiz mumkin bo‘ladi faqat non, choy va boshqa mahsulotlarni qo‘shish mumkin emas, qo‘shilsa yaxshi foyda qilmasligi mumkin. Iste’mol qilib bo‘lgandan so‘ng ikki soat hech narsa yeyilmaydi va ichilmaydi, bu vaqt mobaynida vitaminlar to‘liq organizmimizga so‘rilib hazm bo‘ladi keyin esa odatdagidek ovqatlanib yuraverasiz.
Yuqoridagi retsept judayam kuchli quvvatni oshiruvchi energetik ichimlik hisoblanadi. Shu sababdan qon bosimi oshuvchi odamlarga tavsiya qilinmaydi, qon bosimi borlar bularni qo‘shmasdan alohida-alohida holatda kun davomida uch mahalga iste’mol qilishsin. Masalan, ertalab nahorga na’matakni o‘zini damlab ichishadi, nonushtadan so‘ng ikki soat o‘tkazib asal yeyiladi, tushlikdan so‘ng 3 soat o‘tkazib xurmo yeyiladi, shu tariqa qon bosimini oshishidan aziyat chekmasdan turib immunitetni tiklashimiz mumkin. Qoni quyuq odamlargayam tavsiya qilinmaydi ular faqat na’matakni o‘zinigina damlab ichishlari kerak bo‘ladi.
Yana bir narsani aytib o‘tishim mumkinki har bir narsani me’yorida iste’mol qilish foydali va buni kam yoki haddan ziyod ko‘p iste’mol qilish ziyon qilishiyam mumkin. Na’matak mevasini har kuni me’yoridan ortiq iste’mol qilib yurish siydikni ko‘p haydash orqali tanamizdagi vitaminlarimizni yuvib chiqarib, aksincha immunitetnimizni pasayishiga olib kelishiyam mumkinligini esdan chiqarmaylik.
Sportchilarimizga esa bu retsept mashg‘ulotlardan so‘ng judayam foydali tabiiy doping vazifasini bajarishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Ofisingizda har doim asal, na’matak, koritsa bo‘lsin va albatta arab xurmosi stol ustida bo‘lishi shart. Kofe o‘rnida haftasiga 2-3 marta ichib turishni tavsiya qilaman yoki davolanish maqsadida uch oyga bir, ya’ni yilda to‘rt marta 10-15 kun har kuni bir mahal iste’mol qilib turishni tavsiya qilaman.
Bu retsept immunitetni ko‘tarish bilan birga bo‘g‘inlardagi tuzlarni, tez shamollab qolishlarni, kamqonlikni hamda kamquvvatlikni bartaraf qiladi, buyrak va oshqozon ishlashini faollashtiradi.
Muallif: Rashid Usmonov.
Manba: Usmonov.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Maksim Shatskix "Istiqlol"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
2024 yilda Rossiyani bir million migrant tark etdi