date
views 2 722

Amerikada pulsizlikdan qiynalgan shahzoda Garri va Megan Markl Britaniyaga qaytadi

Amerikada pulsizlikdan qiynalgan shahzoda Garri va Megan Markl Britaniyaga qaytadi
Foto: Reuters
Qirollik oilasidan ajralib chiqqan shahzoda Garri va Megan Markl Buyuk Britaniyaga qaytadi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Qayd etilishicha, juftlikning rejalarini koronavirus pandemiyasi chippakka chiqargan. Markl suratga olish ishlari to‘xtab qolgani sababli o‘ziga kino sohasida ish topa olmagan. Shahzoda Garri esa o‘zga yurtda nima ish qilishini bilmagan.

Juftlik hashamatli uy va qo‘riqchilar uchun katta pul to‘lashga majbur bo‘layotgani ortidan jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan.

Qayd etilishicha, hozirda shahzoda Charlz o‘g‘li va kelinini pul bilan ta’minlamoqda. Qiyinchiliklar tufayli Garrida psixologik muammolar ham kuzatilgani aytilmoqda.

Shuning uchun juftlik Britaniyaga qaytishga qaror qilgan. Garri va Megan moliyaviy muammolarini hal qilmaguncha bir muddat Britaniyada yashab turadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Amerikada pulsizlikdan qiynalgan shahzoda Garri va Megan Markl Britaniyaga qaytadi