11:03 / 02.07.2020
5 394

Uyni toza saqlashga yordam beruvchi 6 tavsiya

Uyni toza saqlashga yordam beruvchi 6 tavsiya
Foto: Getty Images
Uyni tez-tez tozalamasdan, saranjom saqlash yuzasidan tavsiyalar bilan o‘rtoqlashamiz.

Uyni tartibga keltirishdan avval xonani shamollating
Tozalash ishlarini boshlashdan avval eshik va derazalarni ochib, xona havosini yangilashni yoddan chiqarmang. Xona havosining almashtirilmasligi kelgan mehmonga uyning saranjom emasligidan darak beradi. Yana shamollatilmagan xonaga xushbo‘y iforli vositalarni sepa ko‘rmang, eski hid bilan qorishib yoqimsizlik yuzaga keladi.

Shkaf va stol ustidan ortiqcha narsalarni olib tashlang
Har kuni uyni yig‘ishtirishga vaqtingiz bo‘lmasa, ushbu tavsiyaga amal qiling. Chunki buyumlar ustida narsa turmasligi tartibsizlikning oldini oladi, uyni shinam va sarishta ko‘rsatadi.

Qulay zona yaratib oling
Xonadoningizga tez-tez mehmon va yaqinlaringiz tashrif buyuradigan bo‘lsa, ular uchun ma’lum xona yoki uy qismini ajratib qo‘ying. Kelgan mehmonlarga o‘sha yerga buyumlarini joylash, kiyimlarini ilishi mumkinligini ta’kidlash orqali siz to‘satdan bo‘lishi mumkin bo‘lgan tartibsizlikni oldini olgan bo‘lasiz.

Uy ahvoliga xona burchagidan turib baho bering
Xonani chetdan turib kuzating — nima ortiqcha, nimalarni o‘rnini almashtirish kerak. Keraksiz buyumlarni qoplarga joylab tashlab yuboring, eski ishlatilmaydigan narsalar bilan xonani to‘ldirmang.

Ishlarni rejalashtiring
Birinchi asosiy, keyin ikkinchi darajali ishlarni bajaring. Asosiy bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni birinchi bo‘lib bajaring, keraksiz mayda ishlarni keyinga olib qo‘ying.

Tartibga o‘z vaqtida rioya qiling
Kasalni tuzatgandan oldini olgan yaxshi deganlaridek, saranjomlashdan bezor bo‘lmaslik uchun narsalarni joy-joyiga qo‘ying. Bir haftada chang bosganidan keyin kun bo‘yi tozalamasdan har ikki kunda 5-10 daqiqa ajratib shkaf va stollar ustini, pollarni artib turing. Iloji bo‘lsa, tongda uyqudan turganingizdan keyin bu ishlarni bajaring. Shunda tartib va ozodalikdan bahri dilingiz ochiladi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyni toza saqlashga yordam beruvchi 6 tavsiya