07:30 / 27.07.2020
3 106

Tarvuzning soch va teri uchun TOP 5 foydali xususiyati

Tarvuzning soch va teri uchun TOP 5 foydali xususiyati
Yozning issiq kunlarida tarvuzni iste’mol qilmaydigan insonlarning o’zi bo’lmasa kerak. Lekin ko’pchilik uning foydali xususiyatlaridan bexabar.

Shifokorlarning aytishicha, tarvuz soch va teri uchun juda foydali poliz mahsuloti ekan. Quyida uning TOP 5 foydali tomonlarini sanab o’tamiz.

1.Soch o’sishini tezlashtiradi
Aminokislota tanamiz uchun zarur bo’lgan moddadir. Ayniqsa miyadagi qon aylanishini yaxshilaydi. Tarvuzda ham aminokislota moddasi mavjud bo’lib, sochni yaxshi hamda mustahkam o’sishi bilan rag’batlantiradi.

2.Soch to’kilishini oldini oladi
Tarvuzda C vitamini bo’lganligi sababli, soch to’kilishini oldini oladi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Qolaversa, unda temir moddasi ham bor. Bu esa o’z navbatida qon aylanishini yaxshilab, sochni yetarli darajada kislorod bilan ta’minlaydi.

3.Sochni namlantiradi
Tarvuz urug’ining yog’i juda yengil yog’ sirasiga kiradi. Bu yog’ sochni namlantirishga yordam beradi.

4.Terini kislorod bilan to’yintiradi[/b]
Biz bilamizki, qurigan teri insonni qaritib ko’rsatadi. Aynan tarvuzda suv miqdori ko’p bo’lganligi sababli ham, u terini kislorod bilan ta’minlashga ko’maklashadi.

[b]5.Terini yoshartirib ko’rsatadi

Tarvuz tarkibida teri to’qimalarini yoshartiruvchi modda mavjud. Shu sababli terini jilovkor bo’lishiga o’z hissasini qo’shadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tarvuzning soch va teri uchun TOP 5 foydali xususiyati