
Parhezshunos Rayan Raman soch to‘kilishini sekinlashtiradigan oziq-mahsulotlarni tavsiya qildi, deb yozadi Sputnik nashri Express xabariga asoslanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avakado ayniqsa foydalidir. Mutaxassis ta’kidlashicha, uning tarkibida himoya qiladigan Ye vitamini mavjud bo‘lib, bir dona meva kunlik miqdorning 20 foizini o‘z ichiga oladi.
Soch to‘kilishining oldini olish uchun ratsionga batatni qo‘shishni maslahat berdi. Bu sabzavot beta-karotinning muhim manbai bo‘lib, soch o‘sishini tezlashtirish imkoniyatiga ega.
"Kerakli ozuqaviy moddalar bilan muvozanatli ovqatlanish sochlarning o‘sishiga yordam beradi, ayniqsa sochlar yomon ovqatlanish tufayli to‘kilish holatida", - deb xulosa qildi shifokor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar