4 298
Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun tunda iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan 5 ta mahsulot
Foto: «Domashniy ochag»
Ortiqcha vazn yo‘qotish ilinjida bo‘lganlarning eng birinchi vazifasi tunda ovqat yemaslikdir. Nafaqat tunda, balki kechki ovqat uchun ham kaloriyaga boy taomlarni tanovul etmaslik kerak.
Ammo Florida shtati tomonidan «Britaniya» jurnalida chop etilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, uxlashdan yarim soat avval iste’mol qilingan 30 gramm oqsil nafaqat semirtirmaydi, balki ozishga ham yordam beradi. Ushbu mahsulotlarni tunda yeyish «mumkin» deb emas, balki «zarur» deb bilish kerak.
Tvorog
Foto: «Domashniy ochag»
Tvorogda oqsil modda ko‘p bo‘lishiga qaramay, organizm uchun kerakli bo‘lgan kalsiyga boy. Ayniqsa, ayollar kalsiy yetishmovchiligi tufayli menopauza va undan keyingi jarayonda aziyat chekadi. Bu vaqtda suyak, bo‘g‘im va tishlar mo‘rtlashib qoladi. Shuningdek, tvorogni yog‘siz turini tanlashga shoshilmaslik zarur. Sababi u qon tomirlari va yurak salomatligi uchun zarur, shuningdek, vazn yo‘qotishda ham yordam beradi.
Bodom va yong‘oq
Foto: «Domashniy ochag»
Yong‘oq juda ko‘p kaloriyali mahsulot bo‘lishiga qaramay, ularni muntazam va ehtiyotkorlik bilan tanovul qilish vazn tashlash va chiroyli qomatga ega bo‘lishda yordam beradi. Eng asosiysi, me’yorni oshirmaslik va kun davomida bir hovuchgina iste’mol qilish tavsiya etiladi. Yong‘oqning deyarli barcha turlari oqsilga boy, ammo eng foydali bo‘lganlari dumaloq yong‘oq va bodomdir. Ular tarkibida E vitamini, shuningdek, yurak uchun foydali bo‘lgan magniy va selen mavjud. Shuning uchun ham kechalari bir hovuch yong‘oq iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Motsarella pishlog‘i
Foto: «Domashniy ochag»
Ushbu pishloqning 100 grammida 6 gramm oqsil, 1 gramm uglevod va atigi 100 kkal mavjud. Motsarellaning tarkibida ko‘plab D vitamini bo‘lib, bu vitamin barchaga quyoshsiz kunlarda yetishmaydi. Salomatlik hamda go‘zallik uchun ushbu pishloqdan tunda tanovul qilish kerak.
Tuxum
Foto: «Domashniy ochag»
Agar to‘g‘ri ovqatlanish mutaxassislari eng foydali mahsulotni tanlashi kerak bo‘lsa, ular, ehtimol, tuxumni afzal deb biladi. Oqsil, D vitamin va minerallarga boy tuxum mahsuloti nafaqat nonushta, balki kechki ovqat uchun ham mos keladi.
Tofu
Foto: «Domashniy ochag»
Vegetarian parhezida bo‘lganlar diqqatiga, ratsion tarkibida oqsil moddalarini nazorat qilish juda muhim. Tofu esa yetarli miqdorda oqsil olishga yordam beradigan ajoyib taom hisoblanadi. Ushbu mahsulot bilan kechki ovqatni bexavotir iste’mol qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi