Foto: «Kubnews.uz»
Organizmdagi uch muhim funksiya — asab sog‘lig‘ini saqlash, qon aylanishi va DNK sintezi — B12 vitaminida mavjud. Agarda ushbu vitamin yetishmasa, odam kuchli holsizlik va charchoqni his qiladi, deb yozadi Express.
Harvard Health ma’lumotlariga ko‘ra, B12 vitaminining tanqisligi belgilarni sekin-asta vujudga keltirib, ularni kuchaytirgan holda juda sekin shakllanishi mumkin. Biroq ayrim holatlarda B12 vitamini tanqisligi nisbatan tez shakllanadi.
Mazkur ozuqa tanqisligi turli belgilarni yuzaga keltirishi hisobga olinadigan bo‘lsa, uni boshqa biror kasallik bilan adashtirib yuborish qiyin emas.
Agarda inson o‘zida B12 tanqisligini gumon qilsa, quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:
- oyoq va qo‘l barmoqlarining uvushib qolishi yoki sanchishi;
- muvozanat saqlashdagi muammolar;
- anemiya (kamqonlik);
- tilning shishishi va yallig‘lanishi;
- diqqatning buzilishi va xotira yomonlashuvi;
- holsizlik;
- ozib ketish.
B12 tanqisligini yuzaga keltiradigan ikkita asosiy omil mavjud — xavfli anemiya va ovqat ratsionida vitamin yetishmasligi.
Xavfli anemiya — bu autoimmun kasallik bo‘lib, u organizmning ichki faktorlarini — oshqozonda sintez qilinadigan va ichaklarda B12 vitaminining so‘rilishi uchun kerak bo‘lgan oqsilni ishlab chiqarishiga xalaqit beradi.
Shuningdek, turli diyetalar, xususan, vegetarian va vegan diyetalari B12 vitamini tanqisligi yuzaga kelish xavfini oshiradi. B12 vitamini asosan hayvon mahsulotlarida va boyitilgan ovqatlarda mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi