13:30 / 27.10.2020
4 170

Immunitetni ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan 5 ta mahsulot

Immunitetni ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan 5 ta mahsulot
Foto: «Healthshot.com»
Ovqatlangandan keyin uyqu va charchoqni his qilasizmi? Xo‘sh, unda sizning diyetangizda biron bir narsa yetishmayotgandek tuyiladimi, parhez jadvalingizda ozuqaviy urug‘lardan qo‘shganmisiz? Agar yo‘q bo‘lsa, unda aynan shu narsa yetishmayapti.

Mutaxassislar, 14-15 yoshdanoq kunlik ovqatlanishimizga kiritilishi kerak bo‘lgan beshta oziq-ovqat guruhi mavjudligini va ular uglevodlar, oqsillar, sut mahsulotlari, mevalar va sabzavotlar va yog‘lar ekanligini bilib olishimiz mumkin. Afsuski, biz har doim ham bularning barchasini ratsionimizga kiritishga qodir emasmiz.

Pune shahridagi «Columbia Asia Hospital» shifoxonasidan parhez mutaxassisi Shalini Somasundramning so‘zlariga ko‘ra, yaxshi ovqat yeyishimizga qaramay, biz odatda o‘zimizni letargik (holsizlik) his qilamiz.

Quyidagi 5 ta o‘simlik urug‘lari immunitetni oshirishga yordam beradi:

Kungaboqar urug‘lari
Agar parhezingizda antioksidantlar yetishmasa, kungaboqar urug‘lari (pista) bu yetishmovchilikni to‘g‘irlaydi. Kungaboqar urug‘lari antioksidantlarga boy va yaxshi yog‘ga ega. Ular magnezium va E vitaminiga boy, shuning uchun teringiz oqargan bo‘lsa, ushbu urug‘larni ratsioningizga qo‘shishingiz kerak.

Kunjut
Ha, biz kunjutni kamdam-kam holatlarda alohida diyetamizga kiritamiz. Qaysidir mahsulotlarga qo‘shilgan holda iste’molimizda uchrab turadi. Ammo ushbu mahsulot koni foyda hisoblanadi.

Kunjut urug‘lari sink (inson organizmi ishlab chiqara olmaydigan eng muhim moddalardan biri)ga boy bo‘lib, uni odatiy ovqatlanishimizdan olish juda qiyin. Bundan tashqari, bu immunitetni oshirishda yordam beradi va kun davomida quvvatingizni ushlab turadi. Shuningdek kunjut qondagi qand miqdorini ushlab turadi. Kundalik bir choy qoshiq kunjut iste’mol qilish juda samarali.

Kanop urug‘lari
Agar siz vegetarian bo‘lsangiz va oqsilni iste’mol qilish zaruriyati bo‘lsa, kanop sizning eng yaxshi tanlov. Kanop urug‘lari juda oqsilga boy. U mushak massasini oshirishda yordam beradi, energiya beradi, immunitetni oshiradi, vazn yo‘qotishiga olib keladi va ishtahangizni boshqaradi.

Kanop urug‘larida barcha muhim yog‘ kislotalari mavjud. Bundan tashqari, bu uyqusizlikni davolashda ham yordam beradi.

Qovoq urug‘lari
Protein, kaliy va magnezium kabi barcha foydali moddalardan tashqari, qovoq urug‘ini majburiy iste’molga qo‘shishga sabab K vitamining ham borligidir. Siz bu ozuqani ko‘plab oziq-ovqat guruhlarida topa olmaysiz va uning yetishmasligi suyakning mo‘rtlashuviga olib kelishi mumkin. K vitamini suyaklardagi kalsiylarni o‘zaro bog‘lashda yordam beradi. Shuning uchun qovoq urug‘lari mo‘rt suyaklari yoki artriti (qo‘shma simptomlari orasida shish, og‘riq, qattiqlik va harakatlanishning pasayishi) bo‘lganlar uchun zarurdir.

Rayhon urug‘lari
Rayhon urug‘lari metabolizm (hujayralar va organizmning tirik holatini saqlash bilan bog‘liq barcha kimyoviy reaksiyalar)ni kuchaytirishi va vazn yo‘qotishiga yordam beradigan alfa-linolenik kislota (ALA)ga boy. Bundan tashqari, vitsenin, oriyentin va beta karotin kabi flavonoidlar immunitetingizni mustahkam ushlab turadi, shamollash va grippdan saqlaydi.

Immunitetning mustahkam bo‘lishi sizni ko‘plab kasalliklardan saqlaydi. Shunday ekan, «Xabar.uz» jamoasi ushbu mahsulotlarni kunlik ratsioningizga qo‘shishingizga va doimo sog‘-salomat bo‘lishingizga tilakdosh.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Immunitetni ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan 5 ta mahsulot