Foto: «Gastritinform.ru»
Koronavirusni yuqtirib olganda muayyan ovqatlanish qoidalari kasallik kechishini yengillashtirib, tuzalish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Rossiyalik endokrinolog-diyetolog, tibbiyot fanlari nomzodi Yelena Yarovova bu haqda o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, oddiy uglevodlar, pishiriqlar, pechenya va har turli shirinliklar, xususan, asal va murabbodan bosh tortish kerak.
«Shirinlik tuzalishga yordam bermaydi», — deydi shifokor.
Shu bilan birga, murakkab uglevodlar (sabzavot va yormalar), mevalar va ko‘katlarni taomnomadan chiqarib tashlamaslik kerak. Ich buzilishining oldini olish uchun odam kuniga 35 gramm kletchatka qabul qilishi darkor. Bu taxminan 600 gramm sabzavot va bir bog‘ ko‘kat degani. Mutaxassisning aniqlik kiritishicha, mevalarni mavsumga qarab tanlash maqsadga muvofiq. Antioksidant va vitaminlarga boy rezavorlar foydalidir.
Sut mahsulotlaridan, yaxshisi, kefir bilan qatiq iste’molini cheklagan ma’qul: ular COVID-19da diareyani kuchaytirishi mumkin. Tvorog, qattiq pishloq singari sut mahsulotlarini esa bemalol tanovul qilsa bo‘ladi.
Endokrinologning qayd etishicha, jonivor va o‘simlik yog‘larini iste’mol qilishda tanqislikni yuzaga keltirmaslik muhim. Ular taom kaloriyasining kamida 30-35 foizini tashkil etishi darkor. Shuningdek, xasta tanaga oqsil kerak: parranda, baliq, go‘sht, dengiz mahsulotlari.
Agar bemorning ishtahasida muammo bo‘lsa, kurka va sabzavotlardan yengil sho‘rva, sufle ko‘rinishidagi go‘sht yoki suyuq sho‘rvalar tayyorlash tavsiya etiladi. Kasallik paytida organizmni zo‘riqtirib qo‘ymaslik uchun ko‘p ovqatlanmaslik lozim. Bunday holatda ichimlik tartibiga amal qilish — kuniga kamida 1,5 litr suv ichish maslahat beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
Ukrainada Tramp nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qilindi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi