SSV matbuot xizmati Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Murodjon Irismetov suhbat uyushtirdi.
– Ma’lumki, bugun travmatologiya va ortopediya sohasi ham jadal rivojlanyapti. Bu borada mamlakatimiz tibbiyotining salohiyati qanday?
– To‘g‘ri, keyingi yillarda soha rivoji yangi bosqichga ko‘tarildi, diagnostika va davolash borasida muhim yangiliklar amaliyotga kirib keldi. Endoprotezlash, ko‘krak qafasi deformatsiyalari, skolioz, artroskopik operatsiyalar, bloklovchi osteosintez operatsiyalar bunga misoldir. Diagnostika sohasida kompyuter tamograf, magnit rezonans tamograf, raqamli rentgen, elektron podometriya, rentgen densitometriya, bo‘g‘imlarni UZI tekshiruvi kabi zamonaviy texnologiyalar tatbiq etilgan.
– Ko‘pchilikka uncha tanish bo‘lmagan displaziya kasalligi haqida ma’lumot bersangiz. Bunday nuqsoni bor bolalarni yo‘rgaklashda qanday qoidalarga amal qilish kerak?
– Displaziya bo‘ksa bo‘g‘imi shakllanishida yuzaga keladigan nuqsondir. Agar chaqaloqda shunday nuqson bo‘lsa, tug‘ruq majmuasidayoq ortoped ko‘rigi jarayonida aniqlanadi. So‘ngra bunday bolalarning parvarishi va rivojlanishini alohida nazorat qilishda patronaj hamshiraning o‘rni muhim. Xususan, bolani yo‘rgaklashda oyoqlarining orasini keng qilib ochib qo‘yish kerak. Shunda son boshchasi chanoq kosachasiga to‘la kirishi ta’minlanadi va bo‘g‘imning to‘g‘ri shakllanishiga imkon yaratiladi.
Qolaversa, bolani o‘z vaqtida ortoped ko‘rigidan o‘tkazish, belgilangan muolajalarni vaqtida olib, kasallikni bartaraf etish lozim. Aks holda, nuqson tufayli bo‘g‘imlar noto‘g‘ri shakllanib, keyinchalik jiddiy kasallik yuzaga kelishi mumkin.
– Bolani beshikka belash tayanch-harakat tizimlari rivojlanishiga muayyan darajada salbiy ta’sir etadi deyishadi. Bu borada Siz qanday fikrdasiz?
– Beshikka belash chanoq (buksa) bo‘g‘imida displaziya aniqlangan va displaziya bilan davolanayotgan bolalarda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, qiz bolalarda buksa bo‘g‘imining og‘ir darajadagi artrozlarini keltirib chiqarishi va nogironlikka sabab bo‘lishi mumkin. Shunday kasalligi bo‘lgan bolalarni beshikka belashda ehtiyot bo‘lish kerak.
Bolani beshikka yotqizishdan oldin uning vujudi siqib yo‘rgaklanadi, qo‘llari bog‘lanadi, oyoqlari ham bir-biriga juda yaqin qilib o‘raladi. Bu juda noto‘g‘ri. Bola vujudi ayni o‘sib-rivojlanadigan davrda bunday o‘rab-chirmab qo‘yish sog‘lig‘iga jiddiy salbiy ta’sir qiladi. Bundan tashqari, ba’zi onalar uy-ro‘zg‘or ishlari bilan bandligini ro‘kach qilib, bolani beshikda uzoq vaqt qoldiradi.
Natijada jadal o‘sadigan davrda bola organizmi erkin harakat qilishdan mosuvo bo‘lishi, keyinchalik sog‘lig‘iga, ayniqsa, tayanch-harakat tizimlarining risoladagidek rivojlanishiga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Shu bois, ona bolani yo‘rgaklashda yuqorida aytganimizdek, oyoqlar orasini katta ochib, qo‘llarini bo‘sh qo‘yishi, gavda bemalol harakatlanishi uchun sharoit yaratishi maqsadga muvofiqdir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Ukraina elchisi: “Rossiya armiyasi Odessa va Nikolayevni bosib olishiga Turkiya to‘sqinlik qilgan”
Primorsk o‘lkasi O‘zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi
Buyuk ishlar 50 yoshdan keyin...
Bosh vazir yordamchisi va uning akasi ishdan olindi
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanmoqda