Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Azamat Yusupov bilan suhbat uyushtirdi.
— Keyingi paytda bolalar va o‘smirlarda ko‘rish qobiliyatining pasayishi ko‘p uchramoqda. Buning oldini olish mumkinmi?
— Ko‘z tabiatan uzoq-uzoq manzillarni ko‘rishga moslashgan. Ammo, XXI asrga kelib yuksak texnologiyalarning rivojlanishi tufayli yaqin masofadan ish bitirishga odatlanmoqdamiz. Ya’ni, kompyuter, smartfon, mobil telefon asosiy ish qurolimizga aylanib borayapti. Buning natijasida ko‘zlarimiz tabiiy ish rejimini o‘zgartirishga majbur bo‘lmoqda. Albatta, bu muammo ko‘zlarning ko‘rish qobiliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymayapti.
Miopiya — uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik kasalligining ko‘payib borayotgani shuning belgisi. Eng yomoni, keyingi paytlarda bu kasallik yosharib borayotir. Buning oldini olish uchun oilada tarbiyaga e’tiborni kuchaytirish, kichkintoylarning mobil telefon, kompyuter o‘yinlariga berilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni ko‘proq toza havoda sayr ettirish, ovqatlanish tartibiga va taomlarning shifobaxshlik xususiyatiga e’tibor qaratish kerak.
Kattalar ham kompyuterda ishlash qoidalariga rioya etishi zarur. Ya’ni, monitor va ko‘z orasi 15-20 santimetrdan kam bo‘lmasligi kerak. Kompyuterda uzluksiz ishlaydiganlar har ikki soatda 20-30 daqiqa ko‘zga dam berishi maqsadga muvofiq. Sog‘lom turmush tarziga oid bu ma’lumotlarni har bir oilaga yetkazsangiz, ko‘z xastaliklarining oldini olishda sezilarli natijalarga erishasiz.
— Ko‘z olmasi katta-katta bo‘lsa, «ko‘zlari charosdek porlab turibdi», deb go‘zallikka yo‘yamiz…
— Ko‘z olmasining katta bo‘lishi glaukoma belgisi bo‘lishi mumkin. Ko‘z ichi bosimi baland bo‘lishi glaukoma rivojlanishining asosiy omilidir. Shu bois, kasallikni barvaqt aniqlash, shifokor nazorati ostida bo‘lish nerv tizimi zararlanishining oldini oladi va ko‘rish qobiliyatini saqlashga yordam beradi.
— Keksalarimiz ko‘zlarini ko‘k choy bilan tez-tez yuvib turishlariga ko‘p guvoh bo‘lganman. Buning salomatlikka foydasi bormi?
— Ma’lumki, ko‘k choy tabiiy usulda olingani bois, unda tabiiy, shifobaxsh moddalar ko‘p. Shuningdek, bakteriyalarga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Shu jihatlari sababli kon’yunktivit, blefarit va boshqa shamollash tufayli kelib chiqadigan ko‘z xastaliklarining oldini olish va davolashda o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Beterbiyev—Bivol revansh jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi