08:04 / 14.12.2020
3 814

30 yoshdan so‘ng qaysi mahsulotlarni iste’mol qilmagan ma’qul?

30 yoshdan so‘ng qaysi mahsulotlarni iste’mol qilmagan ma’qul?
Foto: «Zen.yandex.ru»
30 yoshdan so‘ng metabolizm sekinlasha boshlaydi. Bundan chiqdi, ovqatlanishga e’tibor berish kerak. Agar sog‘lig‘ingizga bee’tibor bo‘lmasangiz, bu yoshda ba’zi mahsulotlarni iste’mol qilmaslikka to‘g‘ri keladi.

Oq non
Oliy navli undan tayyorlangan pishiriqlar tez hazm qiluvchi uglevodlarga boy bo‘ladi. Ular qonda qand miqdorining keskin ko‘payishiga hamda ortiqcha vaznga olib keladi.

Qadoqlangan sharbat
Pasterizatsiya jarayonida bunday ichimlik mevalar tarkibidagi ko‘pgina foydali vitaminlar va minerallarni yo‘qotadi. Ustiga-ustak, ishlab chiqaruvchilar qadoqlangan sharbatga qandni ko‘p qo‘shadilar. Bu esa ichimlikning zararli xususiyatini oshiradi.

Baliq
Baliq o‘zining foydali xususiyatlari bilan mashhur. Ammo bu baliqchilik fermasidan to‘ppa-to‘g‘ri do‘kon rastalariga kelib tushgan sifatli mahsulotlarga taalluqli. Afsuski, supermarketlarda uchraydigan 70 foizgacha baliqlar sun’iy ravishda yetishtiriladi. Bunday mahsulotda antibiotiklar haddan tashqari ko‘p bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Kimyoviy moddalar qo‘shilgan yogurt
Tabiiy yogurt har qanday yoshda organizmga foydali. Lekin kimyoviy moddalar qo‘shilgan mahsulotni bunday deb bo‘lmaydi. Bir porsiya mevali yogurt tarkibida 47 gramm shakar bo‘lishi mumkin. Bu kunlik me’yordan 1,5 baravar ortiq degani.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 30 yoshdan so‘ng qaysi mahsulotlarni iste’mol qilmagan ma’qul?