Foto: Harper’s Bazaar
Shakar organizm va qomat uchun zararli hisoblanadi, yurak qon-tomir tizimiga ta’sir qiladi, terining qarishini tezlashtiradi va vazn to‘plashga sabab bo‘ladi. Ammo bu shakarning istalgan ko‘rinishidan voz kechish kerakligini bildirmaydi. Shunchaki me’yorni bilish va uni foydali mahsulotlar orqali iste’mol qilish kerak.
Holva
Yong‘oq va pistalar qo‘shib tayyorlanadigan holvada hazm tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan kletchatka va foydali yog‘lar miqdori ko‘p bo‘ladi. Ammo yong‘oq ham holva ham kaloriyaga boy bo‘lishini yoddan chiqarmaslik va ozmoqchi bo‘lganlarga me’yoridan ortiq iste’mol qilib yubormaslik tavsiya qilinadi.
Mevalar
Tarkibida shakar ko‘p bo‘lgani bilan mevalar desert va tortlardan ko‘ra organizm uchun foydaliroq. Tarkibida qorinni tez to‘ydiradigan kletchatka mo‘l ekani sabab ham ortiqcha ovqatlanib yubormaslikni ta’minlaydi. Mango, banan va uzumda, ayniqsa, shakar ko‘p bo‘lgani sabab ham ozmoqchi bo‘lgan va qandli diabeti borlarga ushbu mevalardan tiyilish tavsiya qilinadi.
Quritilgan mevalar
Sarxil mevalardan farqli ravishda quritilgan mevalar tarkibida suv bo‘lmaydi va aynan shu sabab ham vitaminlar konsentratsiyasi, shuningdek, shakar miqdori ham ko‘proq bo‘ladi. Yetarlicha kaloriyaga ega ekani sabab esa me’yorda yeyishga amal qilish kerak. Shirin tamaddi uchun esa quritilgan mevalardan yaxshisi bo‘lmaydi.
Qora shokolad
Oqidan farqli ravishda qora shokolad organizm uchun foydali. Sifatli shokoladda organizmni polito‘yingan kislotalar bilan to‘yintiradigan, qondagi qand miqdorini tushirish xususiyatiga ega bo‘lgan kakao yog‘i bo‘ladi. Xariddan avval tarkibida kakao 70 foizdan kam bo‘lmasligiga e’tibor qarating.
Arab xurmosi
Tarkibida V1, V2, A, S, V6 vitaminlari, temir va magniy minerallari mavjud bo‘lgan arab xurmosi immunitetni mustahkamlaydi, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi va qon bosimini me’yorlashtiradi. Ammo uning 100 grammida 200 kaloriya bo‘lgani sabab ortiqcha iste’mol qilib yubormaslik tavsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi