Foto: «Medikforum.ru»
2-turdagi diabetga olib kelishi mumkin bo‘lgan qondagi qand miqdorining yuqori darajasini ertalabki bir qancha alomatlarga qarab aniqlash mumkin, deb xabar berdi «Express».
Endokrinolog Ralf Abraxam qandli diabet belgilari orasida, birinchi navbatda, doimiy chanqoq hissi va tez-tez peshob qistashiga e’tibor berish kerakligini ta’kidlagan. Shu bois odam uyg‘ongan zahoti og‘iz va tomoq qurishini sezsa va shoshilinch hojatxonaga borishga majbur bo‘lsa, u holda qonda glyukoza darajasini tekshirishga to‘g‘ri keladi. Yarim tunda chanqoqdan uyg‘onib ketishni ham e’tiborsiz qoldirish yaxshilikka olib kelmaydi.
Bordi-yu, bunday alomatlar kuzatilsa, mutaxassis ularni diabetning boshqa alomatlari, jumladan, charchoq, uyquchanlik, ko‘z xiralashishi, mayda yaralarning sekin bitishi, shuningdek, zamburug‘li infeksiyalar va chipqonlar bilan birga qo‘shilib kelishini tahlil qilishni maslahat beradi. Agar bunday belgilar bir qancha bo‘lsa, tekshiruvdan o‘tish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi