Foto: «Argumenti i fakti»
«Kechki ovqatni dushmaningga ber», degan mashhur maqolni ko‘pchilik eshitgan bo‘lsa kerak. Ammo shifokorlar va ovqatlanish mutaxassislari kechki ovqatdan vozi kechmaslikni maslahat beradi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, uxlashdan 2-3 soat avval yaxshi yegulik iste’mol qilishni unutmaslik lozim.
Shuningdek, iste’mol qilingan kechki ovqat nafaqat sog‘liqqa, balki ortiqcha vazn tashlashda ham foydali bo‘lishi uchun mahsulotlarni to‘g‘ri tanlash kerak. Modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydigan va tanadagi ortiqcha yog‘larni eritishda yordam beradigan 7 ta mahsulot bilan quyida tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Sut, yogurt va pishloq
Foto: «Domashniy ochag»
Ushbu mahsulotlarning barchasida kalsiy mavjud bo‘lib, ular yog‘ni eritish xususiyatiga ega. 90 dan ortiq tadqiqotlar kalsiy iste’mol qilish va modda almashinuvi jarayoni o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini tasdiqlagan. Shuningdek, sut mahsulotlarini doimiy ravishda iste’mol qiladigan odamlar o‘rtacha vaznda 1,5 kilogramm ko‘proq og‘irlik yo‘qotadi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu sut tarkibidagi kalsiy yog‘ hujayralarining o‘sishini rag‘batlantiradigan vitaminlar ta’sirini bostirishi bilan bog‘liq.
Suli va arpa
Foto: «Domashniy ochag»
Agar uglevodlar to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, u mahsulotni har qancha iste’mol qilsa ham, zararli bo‘lmaydi. Bundan tashqari, tolaga boy mahsulotlar ham vazn tashlashda samarali hisoblanadi. Nonushta uchun suli, kechki ovqat uchun arpali yeguliklar nafaqat qorin sohasidagi yog‘dan xalos bo‘lishga, balki qomatni go‘zallashtirishga ham hissa qo‘shadi.
Ko‘k choy
Foto: «Domashniy ochag»
Ko‘k choy tarkibidagi katexin modda almashinuvi jarayonini tezlashtiradi. Bundan tashqari, aynan ko‘k choy ichish vaznni kamaytirishga katta yordam beradi. Kuniga limon qo‘shilgan ko‘k choydan 5-6 stakan ichish osonlikcha ozishni istaganlar uchun ayni muddao.
Tuxum
Foto: «Domashniy ochag»
Tuxum – oqsil manbayi bo‘lib, tashqi ko‘rinish borasida qayg‘uradigan har bir inson uchun zarurdir. Oqsilga boy mahsulotlarni iste’mol qilgandan so‘ng tana ko‘proq kaloriya sarflashi kerak. Shuningdek, oqsil uglevodlarga qaraganda to‘qlik hisini beradi va ko‘proq jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanadiganlar uchun zaruriy modda hisoblanadi. Shuning uchun haftasiga kamida bir necha marta nonushtada tuxum iste’mol qilish orqali tez orada natijani sezish mumkin.
Yong‘oq va bodom
Foto: «Domashniy ochag»
Yong‘oqlar kechki yegulik uchun ajoyib variant bo‘lib, ovqatlanish o‘rtasida yengil ochlikni qondiribgina qolmay, tanani foydali yog‘lar bilan ham ta’minlaydi. Bundan tashqari, bodom va yong‘oq tola, oqsil va omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, ular organizmning insulinga sezgirligini oshiradi, yong‘oqni muntazam iste’mol qilish go‘zal va sog‘lom bo‘lishga yordam beradi.
Olma va nok
Foto: «Domashniy ochag»
Ushbu mahsulotlarning tarkibida flavanoidlar, tabiiy kimyoviy moddalar tanadagi yog‘larni tom ma’noda eritadi. «American Journal of Clinical Nutrition» jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni tasdiqladiki, flavanoidlarni muntazam ravishda iste’mol qiladigan ayollarda tana vazni eng past ko‘rsatkichga ega. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu ta’sir energiya sarfini ko‘paytirish, mushaklarda glyukoza miqdorini oshirish va natijada ortiqcha yog‘larni eritish imkonini beradi.
Gilos
Foto: «Domashniy ochag»
Ushbu meva tarkibida tabiiy melatonin ko‘p bo‘lib, uyqu sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi. Buning ortiqcha vazn bilan aloqasi bo‘lishi mumkinmi? Albatta, vaznni saqlash uchun, eng avvalo, sog‘lom uyqu zarur. Olib borilgan izlanishlar natijasida shuni aytish mumkinki, agar kishi bir kun yomon uxlasa, ertasi kuni yuqori kaloriyali ovqatlar, yengil uglevod hamda tarkibida qand miqdori yuqori bo‘lgan ovqatlarga ustunlik beradi. Bundan tashqari, sog‘lom uyqu modda almashinuvi tezligiga ta’sir qiluvchi tanadagi melatonin gormonining normal darajasini tartibga soladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi