13:30 / 15.02.2021
1 803

Immunitet uchun qaysi biri xavfliroq: gamburgermi yoki shamollash?

Immunitet uchun qaysi biri xavfliroq: gamburgermi yoki shamollash?
Foto: «Domashniy ochag»
Ko‘proq sayr qilish, yetarlicha uyqu, jismoniy mashqlar – bularning barchasini immunitetni mustahkamlash, virus va bakteriyalarga qarshi kurash uchun amalga oshirish mumkin. Ammo ovqatlanish borasida ma’lum qoidalarga hamma ham amal qilavermaydi. Ayniqsa, yoshlar orasida tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan taomlardan ko‘ra fastfud yeguliklariga talab kuchli. Afsuski, muammoning boshi ham aynan shu bilan bog‘liq.

Shamollash va gamburgerning zarari bir xilmi?
2018 yilda Bonn universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni isbotladiki, tushlik yoki kechki ovqat vaqtida fastfud taomlari iste’mol qilinsa, organizmda bir hafta davomida O‘RVI yuqtirgandek holat yuz beradi. Natijada immunitet tinimsiz kurashlardan keyin yanada kuchsizlanib qoladi.

Tadqiqotchilar tajriba uchun sichqonni bir oy davomida insonlarning sevimli tezpishar yeguliklar bilan oziqlantirdi. Natijada jonzotda yuqumli kasallikdan keyin paydo bo‘ladigan yallig‘lanish jarayoni rivojlanib ketdi. Tana esa tom ma’noda xavfli bakteriyalarga qarshi kurashish uchun darhol harakat qildi. Ma’lumki, hayvonlar qonidagi immunitet hujayralari soni insonlarnikiga nisbatan bir necha martaga ko‘p.

Ammo bu hali unchalik ham yomon holat emas. Keyingi olib borilgan tadqiqot noto‘g‘ri parhez jarayonning deyarli aksincha ro‘y berishini tasdiqladi. Yallig‘lanish pasayganidan keyin ham tekshiruv immun tizimidagi o‘zgarishlarni aniqlashda davom etdi. Tanani turli xil kasalliklardan himoya qiladigan tizim doimiy ravishda faoliyat yuritsa, bu sog‘liq uchun unchalik ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.

Shuning uchun ham sog‘lom ovqatlanish salomatlik uchun qo‘yilgan ilk qadam bo‘lib, fastfud taomlari esa organizmning jiddiy hujumlarga dosh berishda kam kuch sarflanishiga olib keladi. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi vaqtida bu kabi holatlardan ehtiyot bo‘lish zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Immunitet uchun qaysi biri xavfliroq: gamburgermi yoki shamollash?