Foto: «Domashniy ochag»
Keng miqyosda o‘tkazilgan tadqiqot mualliflarining fikricha, insultning oldini olishning eng oson usuli — kuniga atigi bitta tovuq tuxumi iste’mol qilishdir.
Insult har yili millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘luvchi kasallikdir. Shifokorlar kasallik xavfini kamaytirish uchun qon bosimini nazorat qilish, chekishni tashlash, sport bilan shug‘ullanish va to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qilish kerakligini doimo ta’kidlaydi.
Heart nashrida chop etilgan maqolaga ko‘ra, tadqiqotchilar 9 yil davomida yarim millionga yaqin odamning sog‘lig‘ini tahlil qilib, har kuni kamida bitta tuxum yeganlarda yurak xastaligi xavfi 11 foizga va insult xavfi 26 foizga kamayganini aniqlagan.
Tadqiqot mualliflarining fikricha, bunday ta’sir tuxumning yurakni himoya qiluvchi sog‘lom LPVP xolesterin miqdorini oshirish qobiliyatiga egaligi va tanadagi «yomon» xolesterinni chiqarib yuborishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, tuxum oqsilga boy bo‘lib, u qondagi shakar miqdorini tushirishga va vazn saqlashga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida insult xavfini kamaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda 1 dekabrdan uy-joyni ta’mirlash uchun kreditga arizalar qabul qilinadi
Kimyogarlar terini quyoshdan himoya qilishning yangi usulini topdi