15:43 / 25.03.2021
2 592

Nima uchun bosh aylanadi? Sabab va yechimlar

Nima uchun bosh aylanadi? Sabab va yechimlar
Foto: «wday.ru»
Bosh aylanishining juda ko‘p sabablari mavjud bo‘lib, u yurak qon-tomir, endokrin tizim kasalliklari, asab va ruhiy xastaliklar bilan yuzaga kelishi mumkin. Ko‘pincha bu alomat miyada kislorod yetishmovchiligi, xavotir hissi, anemiya, yurak faoliyatining buzilishi va qonda shakar miqdorining ortishi bilan namoyon bo‘ladi. Bosh aylanishi umurtqa arteriyalarining aterosklerotik shikast tufayli torayishi hamda pasayishi natijasida paydo bo‘ladi. Agar ushbu muammo muntazam ravishda kuzatilsa, nevropatologga murojaat qilish kerak. Davolash ishlari esa tibbiy holatga qarab, buyuriladi.

Xurujning eng keng tarqalgan sabablari:

Xavotir, depressiya, qo‘rquv (psixogen bosh aylanishi). Bunday holatda nima qilish mumkin? Albatta, eng avvalo, psixoterapiya va terapiya talab etiladi. Buning uchun shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur.

Umurtqa bo‘yni osteoxondrozi. Asosan muammo qon aylanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shifokor tavsiyasiga ko‘ra, ushbu holatda dori hamda mashqlar terapiyasi kerak bo‘ladi.

Homilador ayollarda bosh aylanishi. Ushbu alomatning kuzatilishi tabiiy holat. Xuruj ko‘pincha gipotoniya va qonda glyukoza konsentratsiyasining pasayishi bilan bog‘liq. Odatda buning uchun davolanish shart emas. Xuruj vaqtida issiq shirin suv yoki choy ichish tavsiya etiladi. Homilador ayollar esa uni doimo o‘zi bilan olib yurishi mumkin.

Arterial gipertenziya. Xuruj miyaning pastki qismida qon ta’minoti buzilishi tufayli yuzaga keladi. Ko‘pincha ushbu alomatdan so‘ng qon bosimining keskin pasayishi kuzatiladi. Birinchi navbatda arterial bosimning tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, gipertenziya holatini barqarorlashtirishga mo‘ljallangan dori miqdorini mustaqil ravishda o‘zgartirish mumkin emas.

Miyada o‘simta. Alomat bosh og‘rig‘i bilan birgalikda kuzatiladi. Buning uchun miyani kompyuter tomografiyasida tekshirish va talab qilsa, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish haqida ham o‘ylab ko‘rish mumkin.

Yurak urishining buzilishi. Xuruj hatto hushdan ketishga ham olib keladi. Buning uchun har kuni elektrokardiogramma monitoringini o‘tkazish va shifokor nazorati ostida yurak stimulyatori o‘rnatilishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun bosh aylanadi? Sabab va yechimlar