13:03 / 26.03.2021
2 606

Oshqozon osti beziga zarar yetkazadigan ichimliklar ma’lum qilindi

Oshqozon osti beziga zarar yetkazadigan ichimliklar ma’lum qilindi
Foto: Elements.envato
Endigina uzilgan mevalarning sharbati organizmga foydadan ko‘ra, ko‘proq zarar keltiradi. Bu kabi sharbatni muntazam ichish undagi «suyuq shakar»ning ko‘pligi bois oshqozon osti bezini charchatadi. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori Aleksey Kovalkov o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi Tengrinews.

Dietologning ogohlantirishicha, bu kabi shirin ichimlikni besh-olti yil davomida muntazam ichgan insonda qandli diabat yuzaga kelishi mumkin.

Professorning so‘zlariga ko‘ra, shakarli mevalar sharbati gazli ichimliklardan ham xavfliroq. Shifokor sharbat orniga mevaning o‘zini yeyishni tavsiya qilgan. Masalan, apelsin sharbatini ichish o‘rniga, uni butunligicha iste’mol qilish foydaliroq.

Ta’kidlanishicha, me’yorda iste’mol qilingan va zararli ko‘rsatmalari bo‘lmagan mevalarning faqat foyda keltiradi. Sharbatlar va undan bevosita tayyorlanayotgan mevalar turlicha hazm bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oshqozon osti beziga zarar yetkazadigan ichimliklar ma’lum qilindi