09:00 / 29.03.2021
1 775

Olimlar homiladorlik paytida qahva ichishdan ogohlantiradi

Olimlar homiladorlik paytida qahva ichishdan ogohlantiradi
Foto: «Coream.ru»
Yunis Kennedi Shrafer nomidagi Milliy bolalar salomatligi va inson taraqqiyoti instituti olimlari homiladorlik paytida qahva ichishdan ogohlantirdilar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kelgusida bola sog‘lig‘ida muammolar kelib chiqishi mumkin. Ular o‘z xulosalari bilan institut saytida o‘rtoqlashganlar.

Tajriba chog‘ida olimlar homiladorlikning 8-13-xaftaligida bo‘lgan ikki mingdan ziyod ayollarning ma’lumotlarini o‘rganishdi. Ularning bir guruhiga kuniga yarim piyola qahva ichishga ruxsat berishdi, boshqalari kofein qabul qilishmadi.

Ma’lum bo‘lishicha, birinchi guruh ayollaridan tug‘ilgan bolalar qahvadan bosh tortganlarga qaraganda 66 gramm yengilroq bo‘lgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, tug‘ilish paytida kichikroq bo‘lgan bolalar katta bo‘lganda semizlik, diabet va yurak kasalliklari bilan bog‘liq muammolarga duchor bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik paytida kofeinni ozgina miqdorda iste’mol qilish ham homilaning ona qornida rivojlanishining kechikishiga olib kelishi mumkin.

«Hozircha natijalarimiz homiladorlik paytida kofeinli ichimliklarni cheklash yoki umuman ichmaslik oqilona qaror ekanligini ko‘rsatmoqda», — dedi doktor Grans.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar homiladorlik paytida qahva ichishdan ogohlantiradi