16:16 / 15.04.2021
3 593

Shakar iste’moli to‘xtatilsa, bir hafta va bir yil ichida organizmda qanday o‘zgarish bo‘ladi?

Shakar iste’moli to‘xtatilsa, bir hafta va bir yil ichida organizmda qanday o‘zgarish bo‘ladi?
Foto: Pinterest
Shakar – bu sog‘liq uchun qimmatga tushuvchi yoqimli shirinlik. Uning iste’molini kamaytirish yoki butunlay ratsiondan chiqarish qandga qaramlikdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Shuningdek, hayot uchun xavfli kasalliklarning oldini oladi.

Ko‘pchilik shakarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish yaxshilikka olib kelmasligini biladi. Ammo undan tiyilish doim ham oson kechmaydi. Avvalo, ushbu odatning zararlari bilan tanishib chiqish zarur.

Shunday qilib shakarni ko‘p iste’mol qilish semirish va qand kasalining asosiy sababi hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan qonda qand miqdorining muttasil ko‘tarilishi tufayli uyqusizlik, bosh og‘rig‘i va tushkunlik alomatlari paydo bo‘ladi. Shirinlikni ortiqcha iste’mol qilish organizmni unga qaram qilib qo‘yadi.

Nemis diyetologi Stefan Kabish ratsiondan shakarni butunlay chiqarib tashlashni tavsiya etadi, chunki organizm uglevodlardan uni osonlikcha olishi mumkin. Shuningdek, nafaqat shakar, balki tarkibida shakar yashirin bo‘lgan shirinliklar, tayyor mahsulotlarni ham nazarda tutadi.

Shakardan voz kechganda tanada qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Bir kunda – o‘zgarishlar deyarli sezilmaydi. Sog‘lom organizmning metabolizmi qisqa muddatli shakar yetishmasligini taxmin qiladi.

Bir haftada – uch-to‘rt kun ichida ijobiy natija. Qonda qand miqdorining barqarorlashuvi metabolizmni yaxshilaydi va energiyani oshiradi. Shuningdek, uyqu yaxshilanadi. Organizm shakarni talab etsa, meva yoki shakarsiz shirinlik iste’mol qilish mumkin.

Bir oyda – shakar iste’mol qilmaslik tufayli tanada yallig‘lanish kamayadi, husnbuzarlar yo‘qoladi, terining holati avvalgiga qaraganda yaxshilanadi. Qon bosimi me’yoriga tushadi. Vazn mushaklar sababli emas, tanadagi yog‘ hisobiga kamayadi. Bularning barchasi birgalikda umumiy jismoniy holatni yaxshilaydi.

Bir yilda – ong nihoyat shakarga qaramlikdan xalos bo‘ladi. Tarkibida shakar bo‘lgan har qanday yeguliklar o‘z-o‘zidan rad etiladi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shakarni kam iste’mol qiladigan odamlarda semirish, qand kasali, yurak yetishmovchiligi va bevaqt o‘lim xavfi ham kamayadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shakar iste’moli to‘xtatilsa, bir hafta va bir yil ichida organizmda qanday o‘zgarish bo‘ladi?