16:09 / 24.04.2021
2 122

Har bir ayolning mashinasida bo‘lishi kerak bo‘lgan buyumlar


Kutilmagan vaziyatlar, o‘qish, ishga ketish yoki bolalarni bog‘cha, maktabga olib ketayotganda turli hodisalar kelib chiqishi mumkinligi sabab ham ayollarning mashinasida barcha zarur buyumlar bo‘lishi kerak.

Foto: «Domashniy ochag»
Chiqindi solish uchun paketlar
Tartibli bo‘lishi va yoyilib ketmasligi uchun har doim chiqindi paketlari bo‘lishi kerak. Shokolad va konfet qog‘ozlari, bo‘sh suv idishlarini paket ichiga soling.

Smartfon va zaryadka
Notanish joyga borish uchun aksariyat ayollar navigatordan foydalanadi. Telefondan foydalanish davomida zaryadka tez tugab qolishi esa tanish holat. Eng kerak vaqtda aloqasiz qolmaslik uchun mashinada qo‘shimcha shnur va zaryadka (power bank bo‘lsa yana yaxshi) olib yuring.

Rezinali skrepka
Skrepka bilan o‘rindiqlarda qolgan hayvon junlarini tozalash mumkin.

Tirnoqlar uchun pilka
Qishki harorat sabab mashina derazalari yaxlashi, eriganidan keyin esa iz qolishi mumkin. Shu va boshqa to‘plangan kirlarni ketkazish uchun pilkadan foydalansangiz bo‘ladi.

Antiseptik
Aksariyat antiseptiklarda spirt bo‘lgani sabab ham ushu vositani sovuqdan qotib qolgan eshik devorlari uchun ishlatsa bo‘ladi.

Tish pastasi
Xiralashib qolgan mashina faralariga tish pastasini surtib, ustidan latta bilan artib ishqalang. Yaxshilab artib tashlagandan keyin yanada yorqin yoritishiga guvoh bo‘lasiz.

Qo‘shimcha paypoq
Paypoqlarni qo‘shimcha ravishda mashinada bo‘lishi kerakligining yana bir nechta sababi bor. Birinchidan, u yordamida oyna tozalagichlarning oynaga yopishib qolishi yoki muzlashidan himoya qilish mumkin. Qolaversa, favqulodda vaziyatlarda ham foydalansa bo‘ladi. Masalan, muz ustida yurolmay qolgan mashinani itarishdan avval uni oyoq kiyim ustidan kiyilsa, oyoqlar sirpanib ketmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har bir ayolning mashinasida bo‘lishi kerak bo‘lgan buyumlar