Foto:«Argumentы i faktы»
Rossiyalik diyetolog Andrey Bobrovskiy qaysi vaqtda nonushta qilish eng foydali bo‘lishini ma’lum qildi. Shuningdek, u ertalab ovqat iste’mol qilmaslik qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi haqida ham fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.
An’anaga ko‘ra uyg‘ongach yarim soat ichida nonushta qilishingiz ma’qul, deya ta’kidlaydi shifokor.
«Nonushta sizga harakat va miya faoliyati uchun energiya berishi kerak, shunda uyquga moyillik yo‘qoladi. Uyquni qochirish uchun nafaqat dush qabul qilish, balki yaxshigina nonushta qilish ham foyda beradi. Yengilgina nonushta ham hech qanday yomon oqibatlarga sabab bo‘lmaydi, u qiyin hazm bo‘ladigan birinchi, ikkinchi va uchinchi ovqatlardan iborat bo‘lmasligi kerak»,— deya tushuntirdi u.
Har kuni albatta bir vaqtda nonushta qilishga o‘rganish kerak. Bir necha daqiqa yoki yarim soatlik farqning ham zarari yo‘q. Shifokor ta’kidlashicha, dam olish kunlari siz belgilangan qoidalardan chetga chiqishingiz mumkin, eng muhimi, haftaning qolgan qismida belgilangan tartibga rioya qilish shart.
Ovqatni iste’mol qilish doimiy bir xil vaqtda amalga oshirilganda, ovqat hazm qilish tizimi, asab tizimi bu vaqtga moslashadi. Shu bilan birga, odamda yetarli miqdordagi ovqatni qilish imkoni paydo bo‘ladi.
Diyetolog ertalab ovqatlanishni istamaslik ovqatlanish ratsionini buzilishiga olib kelishini, ertalab ovqatlanmaganlik hisobiga kechga borib keragidan ko‘p ovqat iste’mol qilinishiga sabab bo‘lishini ta’kidlaydi.
«Ortiqcha vaznga ega bo‘lgan odamlarning taxminan 30-40 foizida ovqatlanish ratsioni buzilishi mavjud bo‘lib, ularda tunda ortiqcha miqdorda ovqatlanish kuzatiladi. Bunday ortiqcha ovqatlanishning asosiy alomatlaridan biri bu ertalab ovqat yeyishni istamaslikdir. Bu kabi kishilar tungi ortiqcha ovqatlanishdan ko‘ra, ertalabgi nonushtani istamasalar ham yeyishlari maqsadga muvofiqdir», - deb maslahat berdi Bobrovskiy. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Rossiya tug‘ilish kam bo‘lgan hududlarning gubernatorlarini iste’foga chiqarishni boshlaydi