09:00 / 31.05.2021
2 236

Uyda tartib hukm surishiga yordam beradigan tavsiyalar


Foto: Freepik
Uyni tozalashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Muntazam ravishda changyutgich bilan tozalang
Garvard T. Chan nomidagi sog‘liqni saqlash maktabi tadqiqotiga ko‘ra, odam kun davomida 50 mikrogramm chang «yeydi». Chang hamma yerda — qo‘llarda, yeguliklar va idishlarda ham bo‘lishi mumkin. Pol, divan va kreslolardagi o‘tirganda, turganda va yurganda havoga ko‘tariladigan changlar haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Biz esa har shu changli havodan nafas olishimizga to‘g‘ri keladi. Uydagi maishiy changlar bir qancha komponentlar: allergen, chang zarralari, kimyoviy qoldiqlar hamda bakteriyalardan iborat va bularning hammasi organizmga kirishi mumkin bo‘ladi. Zamonaviy changyutgich modellari bilan esa 10-15 daqiqada tozalab olish mumkin. Tanlov borasida filtratsiyasi sifatli bo‘lgan variantlarga e’tibor qarating. NЕRA-filtr changlarni olib, havoga qaytib chiqmasligini ta’minlaydi. Changyutgich bilan nafaqat pol, balki boshqa yuzalarni ham tozalash tavsiya qilinadi, bu borada maxsus «nasadka»lardan foydalansangiz bo‘ladi.

Yumshoq mebellarning tozalanganligiga alohida e’tibor qarating
Dyson’ning mikrobiologiya laboratoriyasida o‘tkazilgan tadqiqotlarda yumshoq mebel chang kanasining yashashi uchun yaxshi muhit ekani aniqlangan. Odam to‘shak, o‘rindiq va divanda qancha ko‘p vaqt sarf qilsa, atrof-muhit allergiya va chang miqdori shunchalik ko‘payishi mumkin bo‘ladi. Aynan shu sabab ham yumshoq mebel va to‘shaklarga alohida e’tibor qaratish muhim sanaladi. Changni yaxshilab tortadigan maxsus «nasadka» yoki cho‘tkali changyutgichdan yaxshi samara beradi.

Yuvinish xonasini yaxshilab tozalang
Dush qabul qilgandan keyin devorlarda va sirtlarda namlik paydo bo‘lib, pol va yuzalarda zarar yetkazadi mog‘or paydo bo‘lishi uchun eng yaxshi sharoit yaratadigan namlik yig‘iladi. Havo aylanishi uchun eshiklarni ochiq qoldiring, darpardani muntazam ravishda almashtirish hamda mog‘or paydo bo‘lishining oldini olish kerak. Suv to‘planishiga yo‘l qo‘ymang, nam yuzalarni artib turing.

To‘g‘ri tozalaydigan vositalarni tanlang
Unutmang, siz tozalashda foydalanadigan har qanday vosita alal-oqibat organizm ichiga tushishini unutmang. Masalan, sitrus ifori taratish uchun tozalaydigan vositalarga qo‘shiladigan limonen komponenti, uydagi tabiiy ozon bilan reaksiyaga kirishib, formaldegid ajralishi mumkin. Tabiiy tozalash vositalaridan foydalanish havodagi uchuvchi organik birikmalar miqdorining kamayishiga yordam beradi. Tegishli tashkilotlar tomonidan sertifikatlangan ekologik variantlardan foydalaning. Qattiqroq dezinfeksiyalovchi, ayniqsa aerazol balonlarda saqlanadigan vositalardan iloji boricha foydalanmaganingiz yaxshi.

Zarur choralarni ko‘ring
Bundan tashqari, uyda vaqtimiz, odatdagi mashg‘ulotlarimiz masalan, ovqat tayyorlash bilan havoni yanada ko‘proq ifloslantiramiz. Oshxonadagi hidlarni tashqariga chiqaradigan uskunaning tozaligiga e’tibor qarating. Havo tozalaydigan vositalar ham uyni toza saqlashga hissa qo‘shadigan narsalardan biri sanaladi. Mazkur vositalar bilan yuzalar ustidagi changlar ham sezilarli darajada kamayadi. Har kuni, taxminan, 11000 litr havo bilan nafas olamiz va bu ko‘rsatkichning uchdan bir qismi uyqu vaqtiga to‘g‘ri keladi.

Tozalash uchun eski kiyimlardan foydalanmang
Tozalashda eski futbolka, doka, eskirgan sochiq va boshqa paxta matolaridan foydalanish eng ko‘p tarqalgan xatolardan biri sanaladi. Bunday matolardan tayyorlangan lattalarda tozalagandan keyin yuzalarda tolalar qolishi hamda sekin qurishi mumkin. Shu sabab ham chidamli, changni o‘ziga oladigan va namlik qoldirmaydigan mikrofibra matoli lattalardan foydalaning.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyda tartib hukm surishiga yordam beradigan tavsiyalar