12:48 / 10.06.2021
18 206

Biz sevib iste’mol qiladigan eng xavfli 3 mahsulot


Foto: «Zen.yandex.ru»
Diyetolog Olga Dekker oddiy, lekin nihoyatda zararli uchta mahsulotni ma’lum qildi. Mutaxassis ularni «Instagram»dagi sahifasida sanab o‘tgan.

Holva sog‘liq va qomat uchun xavfli mahsulotlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Unga juda ko‘p shakar qo‘shilgani bois 100 grammida 522 kilokaloriya mavjud. Shu sababli, holvani ortiqcha iste’mol qilish va buning natijasida ortiqcha vazn orttirish oson. Dekker uning o‘rniga shakarsiz holvani tavsiya etadi.

Pechene zararli oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatida ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, oliy navli un, yog‘ va shakar bu mahsulotning kaloriyasini oshirib yuboradi. Ustiga-ustak, pechene insulin miqdorini oshirib, ozishga xalaqit qiladi.
Ro‘yxatdagi oxirgi o‘rinni kakao egalladi.

«Bunday kakao foydali emas, chunki tarkibida uglevodlar sharbat va gazlangan ichimliklardan ko‘ra ko‘proq», — deydi Dekker.
Uning fikricha, «to‘g‘ri» kakao oz miqdorda shakar qo‘shilgan kakao kukunidan olingan sutdan tayyorlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Biz sevib iste’mol qiladigan eng xavfli 3 mahsulot