18:30 / 09.07.2021
2 569

Har qanday og‘riqni dorilarsiz bartaraf etishga qodir qurilma yaratildi


Foto: Neuralink
Nyu-York universiteti tadqiqotchilari surunkali og‘riqlarni dorilarsiz hal etish texnologiyasini yaratdi. Gap og‘riqni bir zumda qoldiradigan miyaga o‘rnatiluvchi implant haqida ketmoqda, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Texnologiya Neuralink kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Shu orqali olimlar tutqanoq, neyrodegenerativ kasalliklar, shol va boshqa ko‘plab og‘riqlarga barham berishni rejalashtirmoqda. Ammo yangi implant — miyaning ikki sohasini birlashtiruvchi o‘ziga xos «neyron ko‘prik» hisoblanadi.

«Ular ‘og‘riq mavjud’ degan elektr signalini aniqlaganda avtomatik ravishda og‘riq signalini bosuvchi neyronlarni rag‘batlantiradigan yorug‘lik nurlarini ishga tushiradi. Shu bilan birga, implant faqat og‘riq yuzaga kelganda faollashadi va miyada odatiy  holatda hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi», — deydi mualliflar.

Ta’kidlanishicha, implant real vaqt rejimida mexanik, surunkali, yallig‘lanish va nevropatik og‘riqlarga qarshi ancha samarali.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 28 avgust kuni ixtirochi-milliarder Ilon Mask miyasiga chip o‘rnatilgan cho‘chqani namoyish etgandi. Ta’kidlanishicha, Maskning Neuralink kompaniyasi tomonidan yaratilgan chip nevrologik kasalliklarni davolash imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, Neuralink kompaniyasi o‘zining yangi texnologiyasini 2019 yilda taqdim etgan. «Tikuv mashinasi kabi» maxsus robot ipga o‘xshash elektrodlarni inson miyasiga chuqur joylashtirib, uni bemor qulog‘iga qotirilgan «qabul qiluvchi kapsula»ga ulaydi. Avvalroq Mask bu turdagi mukammal texnologiyalarni yaratishga qancha vaqt talab etilishi borasidagi savollarga 5-10 yil, deb javob qaytargan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har qanday og‘riqni dorilarsiz bartaraf etishga qodir qurilma yaratildi