22:53 / 13.07.2021
3 135

Yashirin xavf: ishtaha karnay bo‘lishiga olib keladigan 5 mahsulot


Foto: Daily Mail
Ishtahani ochib, odatdagidan ko‘proq ovqatlanishga olib keladigan mahsulotlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Makaron
Oliy navli undan tayyorlangan makaronlar oddiy uglevod hisoblanadi. Qayta ishlash jarayonida bug‘doy barcha foydali elementlarini yo‘qotadi. Oddiy uglevodlar qancha tez to‘ydirsa, ochlik hissini shuncha tez qaytishiga sabab bo‘ladi. Aynan shu sabab ham bug‘doyning qattiq turidan tayyorlangan pastalarga, grechka uni va e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Jo‘xori uni
Oddiy uglevodlar shakar bilan qo‘shilganda qondagi qand miqdorining oshishiga olib keladi va qorin ochishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday umumlashma qondagi glyukozani ikki karra oshiradigan kortizol gormonining miqdori yuqori bo‘lgan vaqt ya’ni tongda iste’mol qilinsa, organizmda metabolizm jarayoni qiyinchilik bilan kechadi. Bu esa doimiy ravishda ochlikni hamroh bo‘lishi va shirinlikka bo‘lgan talabning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Shakarsiz kola
Ichimlikda shakar yo‘qligi yozib qo‘yilgani xotirjam bo‘lishga sabab bo‘la olmaydi. Sun’iy shirin ta’m beruvchi qo‘shimchalar ochlik hissining ko‘payishiga olib keladi. Tarkibida tabiiy shakar bo‘lmagani hisobiga organizm uni «boshqasiga» qidirishga kirishadi.

Olma
Foydali ekani haqida ma’lumotlar ko‘plab topilishiga qaramay, shirin olma qondagi insulin miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Bu esa shakarning yog‘ga aylanishiga sabab bo‘ladi. Tez o‘zlashgani hisobiga takror tamaddi qilish istagi paydo bo‘ladi.

Chips va krekerlar
Ayniqsa, sho‘r bo‘lgan yeguliklar tamaddi uchun eng yomon variant hisoblanadi. Oddiy uglevod hisoblanganidan tashqari, bunday mahsulotlarda tuz miqdori yuqori bo‘ladi. Odam uchun kunlik me’yor 5 gramm hisoblansa, bir o‘ram chipsda o‘rtacha 0,7 gramm tuz bo‘ladi. Tuz o‘z navbatida organizmda suyuqlik to‘playdi, bu esa shish va toksinlar yig‘ilishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yashirin xavf: ishtaha karnay bo‘lishiga olib keladigan 5 mahsulot