Foto: Getty Images
Soch to‘kilishi turli xil sabablarga ega bo‘lishi mumkin — mikroelementlar yetishmasligidan tortib irsiy moyillik yoki juda jiddiy kasalliklargacha. Bu muammoni hal qilish uchun oqibatni emas, balki sababni yo‘q qilish muhimdir.
- Dastlab soch to‘kilishi kasallikmi yoki yo‘qmi aniqlab olish kerak. Kuniga yuz tolagacha soch yo‘qotilishi odatiy hol hisoblanadi. Oddiy sinov o‘tkazing: to‘kilgan sochlarning ildizi bor-yo‘qligiga e’tibor bering? Ildiz yo‘qmi? Demak, bu odatiy soch to‘kilishi va tashvishlanishga hojat yo‘q.
- Ildizi bilan to‘kilyaptimi? Yana bir test o‘tkazing. Ikki-uch kun davomida sochlaringizni yuvmang, so‘ngra ularni boshingizning tepasiga yig‘ing. Qo‘lingizda beshtadan ortiq soch qoldimi? Darhol trixologga murojaat qilish lozim.
- Oilaviy albomingizni ko‘rib chiqing. Agar ajdodlaringiz taqir bosh bilan sarg‘aygan fotosuratlardan qarab turgan bo‘lsa, ehtimol sizda androgenetik alopesiya bor bo‘lishi mumkin. Bu kasallik emas, balki achinarli holatdir, uning rivojlanishi kechikishi, namoyon bo‘lishi kamayishi mumkin, ammo uni butunlay yo‘q qilib bo‘lmaydi. Bunday holda trixolog bilan maslahatlashing.
- Yaqinlaringizdan uxlaganingizda sizni kuzatishlarini so‘rang. Juda kamdan kam hollarda tushida sochlarni yulish orqali namoyon bo‘ladigan nevroz kasalligi ham mavjud.
- Iloji bo‘lsa, bir-ikki hafta dam oling. Yetarli darajada uxlang, to‘g‘ri ovqatlaning, asabiylashmang. Shundan so‘ng sochlar holatini kuzating. Agar ular kamroq to‘kilsa, muammo bilan kurashish uchun turmush tarzingizni o‘zgartirishingiz kifoya.
- Siqib turadigan bosh kiyimlardan saqlaning – bunday narsalar soch follikulalarini qon bilan ta’minlanishini buzadi, lekin 20 daraja sovuqda bosh kiyimsiz yurmang.
- Fen, ingichka tishi metall va plastmassa taroqlardan kamroq foydalaning, yog‘och taroq va massaj cho‘tkalarni ishlating. Nam sochlarni quritib, keyin tarang.
- Analiz topshiring. Endokrinolog bilan maslahatlashish va gormonlar, shakar, reoensefalografiya va boshqalar uchun testlardan o‘ting. Bundan tashqari, sochlardagi kimyoviy elementlar tarkibini o‘rganadigan mutaxassislarga murojaat qiling. Tekshiruvlar asosida sochlarni mustahkamlashga yordam beradigan preparatlarni tanlashingiz mumkin bo‘ladi.
- Diyetolog bilan maslahatlashing. Ratsionni normallashtirish uchun organizmning ozuqaviy moddalarga bo‘lgan ehtiyojini va ularning haqiqiy ta’minlanishini kompyuter orqali tahlil qilgan ma’qul.
- Ba’zi hollarda soch to‘kilishi jiddiy kasallik alomati bo‘lishi mumkin (ular orasida qandli diabet, anemiya, ayollarda gormonal muvozanat buzilishi, asab tizimining charchashi). Ushbu kasalliklar sizda bor yoki yo‘qligini bilish uchun shifokorga murojaat qiling.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi