16:37 / 15.09.2021
2 921

Anorning inson salomatligi uchun foydali hamda zararli jihatlari

Anorning inson salomatligi uchun foydali hamda zararli jihatlari
Foto: Pinterest
Anor qadimdanoq Sharqda barcha mevalarning shohi hisoblangan. U mineral, vitamin va aminokislotalar xazinasidir. Har kuni pir piyola anor sharbatini ichish qonni tozalash va yangilashga yordam beradi, yurak-qon tomiri tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, immunitetni mustahkamlaydi, shamollashning oldini oladi.

Anorning xususiyatlari:

Vitamin va mikroelementlarga boy
  • C vitamini immunitet tizimi va arteriyalarning ichki qoplamini mustahkamlaydi;
  • B guruhi vitaminlari asab tizimi impulslarining mushaklarga yetib borishi va ovqat hazm qilish tizimi jarayonlarini yaxshilaydi;
  • kaliy — yurak faoliyatining asosiy mikroelementi;
  • kalsiy — suyak mineral zichligini mustahkamlaydi;
  • foliy kislotasi — hujayra bo‘linish jarayoni uchun kerak. Homila rivojlanishida va jarohatlardan keyin hujayra bo‘linishi ko‘payadi.

Antioksidant ta’siri
  • Organizmda glyukoza metabolizmini yaxshilaydi, bu qandli diabet kasalligining oldini oladi.
  • Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari rivojlanishining oldini oladi.
  • Organizmda yog‘ to‘qimalarining miqdorini kamaytiradi.

Yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega
  • Italiyalik mutaxassislar uning tarkibida oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasining rivojlanishiga to‘sqinlik qilib, yo‘g‘on ichakda surunkali yallig‘lanishni bostiradigan bir qancha faol moddalar borligini isbotladi.
  • Eronlik olimlar anor qondagi yallig‘lanish moddalari: C-reaktiv oqsil va interleykinni 30 foizga kamaytirganini aniqladi.

Saraton kasalligining oldini oladi
Anor xatarli hujayralar bo‘linishini sekinlashtiribgina qolmay, balki ular rivojlanishining oldini ham oladi.

Qon bosimini pasaytiradi
Xolesterin miqdorini muvozanatga keltiradi. Bu qon tomirlarida ateroskleroz rivojlanishining oldini oladi.

Yuqumli kasalliklarga qarshi ta’siri
Anor tarkibidagi moddalar zararli mikroblarni, jumladan, streptokokk, stafilakokk, zamburug‘lar va boshqalarga qarshi samaradorligi aniqlangan.

Xotirani yaxshilaydi va Alsgeymer kasalligining oldini oladi
  • To‘qimalarda mikrosirkulyatsiyani yaxshilashi evaziga jismoniy mashqlarda charchashni sekinlashtiradi va samaradorlikni oshiradi. Anor to‘qimalarda qon aylanishini yaxshilaydigan nitratlarning manbai hamdir.
  • Tarkibida foliy kislota va boshqa vitamin, mikroelementlar ko‘pligi homilador ayollarda bachadon va yo‘ldosh orasidagi qon almashinuvini yaxshilaydi. Bachadon mushaklari tonusini sozlaydi va bolaning nerv tizimi rivojlanishida yaxshi yordam beradi. Tug‘ruqdan keyingi davrda ona suti ko‘payishiga yordam beradi.

Barcha ijobiy fazilatlariga qaramay, ba’zi hollarda anor odamga zararli bo‘lishi ham mumkin:
  • Ovqat hazm qilish tizimi surunkali kasalliklarining kuchayish davrida anor oshqozon shirasi xlorid kislotasining sekretsiyasini ko‘paytiradi.
  • Shuningdek, shilliq yuzada mayda shilinishlar hosil qilishi mumkin, bu esa kasallikning avj olishiga sabab bo‘ladi. Anor tanin moddasiga boy va bu qabziyatni kuchaytiradi.
  • Anor iste’molidan keyin 100-200 gramm suv ichish yoki og‘izni chayish tavsiya etiladi. Chunki tarkibidagi kislota tish emalining yemirilishiga va kariyesga olib kelishi mumkin.
  • Iste’mol uchun bir kunda 200 dan 400 grammgacha tavsiya etiladi.
  • Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Anorning inson salomatligi uchun foydali hamda zararli jihatlari