22:11 / 27.09.2021
3 476

Inson umrini qisqartiradigan mahsulotlar nomi ma’lum qilindi

Inson umrini qisqartiradigan mahsulotlar nomi ma’lum qilindi
Foto: Getty Images
Tibbiyot fanlari doktori, amerikalik taniqli diyetolog Ketrin Zeraski Eat This, Not That portaliga besh turdagi mahsulot iste’molidan voz kechish inson umrini uzaytirishga xizmat qilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Gap ultrapasterizatsiyalangan mahsulotlar, qayta ishlangan qizil go‘sht va yarim fabrikatlar, qovurilgan ovqatlar, shakar qo‘shilgan mahsulotlar va ortiqcha alkogol iste’mol qilish haqida ketmoqda. Tibbiyot xodimining ta’kidlashicha, taomlanishdagi bu kabi odatlardan inson o‘zini yaxshi his qilishi va uzoq umr ko‘rishi uchun voz kechishi kerak.

Ekspertning qayd etishicha, minimal darajada qayta ishlangan mahsulotlar, masalan, konservalangan mevalar va muzlatilgan go‘sht tarkibida odatda foydali moddalar bo‘ladi — vitaminlar, minerallar, fitonutiyentlar va kletchatka.

O‘z navbatida yuqori darajada qayta ishlangan mahsulotlar, masalan, yarim tayyor mahsulotlar yoki do‘kon noni tarkibida to‘yingan yog‘ bor, shakar qo‘shilgan va kletchatka yo‘q. Diyetologning qayd etishicha, bu kabi ovqatlanish tarkibida vitamin va minerallarga boy iste’mol moddalaridan ko‘ra, ko‘proq kaloriya mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Inson umrini qisqartiradigan mahsulotlar nomi ma’lum qilindi