Foto: Wday
Agar uyda suvarak, chumoli yoki boshqa zararkunandalar bo‘lsa, bu keskin choralar ko‘rishga arziydi. Mutaxassis – sanitariya shifokori, dezinfektolog Nikolay Dubinin bunday vaqtda qanday yo‘l tutish va nima qilish kerakligi haqida bir qancha tavsiyalar berib o‘tdi.
Yashash joyi
Odatda zararkunandalarning uyga kirib kelishining sababi bor. Agar chumolilar yo‘liga e’tibor berilsa, shirin ovqat to‘kilgan yoki sochilgan joy atrofida bo‘ladi. Namlik, chiqindilaring to‘planishidan keyin tez orada suvaraklar paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ta’kidlash joizki, ba’zida «mehmon»lar toza kvartiralarga ham tashrif buyuradi. Buning sababi qo‘shnilar zararkunandalarga qarshi olib borgan kurashdir.
Hasharotlar aksariyati oziq-ovqat, don yoki un bilan birga kirishi mumkin. Bu, albatta, oziq-ovqatga tushadigan zararkunandaga tegishli. To‘g‘ri, ular mahsulotlarini noto‘g‘ri saqlash bilan ham paydo bo‘lishi mumkin. Yormalar oziq-ovqat kuyalari bilan kasallanganligini payqadingizmi? Qimmatli vaqtingizni saralash va tozalashga sarflamang, ularni tashlab yuboring, chunki hasharotlar mahsulotda zaharli moddalarni qoldiradi.
Qorong‘i, nam va iliq bo‘lgan hammom ko‘pincha qurt-qumursqa uchun qulay joyga aylanadi. Ularning sevimli dargohlari – suv oqadigan joylar, nam gilam ostida, hammom ostidagi kirish qiyin bo‘lgan kamdan-kam tozalanadigan hududlardir.
Ammo taxtakanalar uyga tasodifan, narsalar yoki eski mebellar bilan kirib kelishi mumkin. Chang to‘planadigan joylarda, shuningdek, matraslar, divan, kabi joylardan topilishi mumkin. Bu parazitlar bilan qo‘shni bo‘lish sog‘liq uchun xavflidir.
Kurash vositalari
Foto: Wday
Hasharotlarni yo‘q qilishning eng samarali usullaridan biri – uyni kimyoviy insektitsidlar bilan tozalashdir. Do‘kon javonlarida ular aerozollar ko‘rinishida taqdim etiladi. Bunday dorilarni faqat shaxsiy himoya vositalarida – respiratorda ishlatish joizdir. Xavfsiz variant – gel, granula va bo‘rlar. Ularni tuzoq-uylar bilan birgalikda ishlatish samaraliroq. Biroq bunday vositalar faqat ular bilan aloqa qilgan hasharotlarga ta’sir qiladi. Parazitlarni va ularning bo‘lajak avlodlarini to‘liq yo‘q qilishni insektitsid konsentratlar ta’minlaydi, lekin ularning yuqori toksikligi tufayli ehtiyot bo‘lish kerak.
Mutaxassislarga murojaat
Agar «kelgindilar» dan mustaqil ravishda qutulishning iloji bo‘lmasa, professional dezinfeksiyalash vositalariga murojaat qilish kerak. Maxsus kompaniyalardan yordam olish mumkin. Bunday tashkilotlarda har doim sanitariya shifokori bor va ular turar-joy binolarida foydalanish uchun tasdiqlangan dorilardan foydalanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi