Foto: «Korrespondent.net»
Uyqu bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadigan amerikalik shifokor Rebekka Robbins to‘yib uxlamaslikning zarari haqida ma’lumot berdi. «Korrespondent.net»ning yozishicha, uyqu va salomatlikka bag‘ishlangan yangi tadqiqot natijalari The Telegraph nashrida chop etilgan.
Ta’kidlanishicha, kun davomida miyadan to‘planishi kognitiv qobiliyatlarni susaytiradigan, shuningdek, Alsgeymer va demensiya kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan toksinlar ajraladi.
«Uxlayotganimizda miya ushbu toksinlarni ishlab chiqarishni to‘xtatibgina qolmay, to‘plangan toksinlarni tozalab, ularni yo‘q qiladigan suyuqlik ham ajratadi», — deydi Robbins.
Qolaversa, uyquning yetishmasligi immunitetga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Surunkali to‘yib uxlamaslik shamollash kasalliklarining kelib chiqish xavfini ikki karra ko‘paytiradi va emlangandan keyin antitanachalar paydo bo‘lishini sekinlashtiradi.
«Emlangan odamlarda virus patogeni bilan kurashish uchun antitanachalar ishlab chiqarilishi tezlashishini ko‘rishimiz mumkin. Vaksina bilan birga sog‘lom uyqu birlashtirilsa, ushbu jarayon yanada jadallashadi», – deb qo‘shimcha qilgan shifokor.
Uyqu sifatini yaxshilash uchun Rebekka har kuni bir vaqtda uxlab, uyg‘onishni tavsiya qiladi. Uyqu davomiyligi 8 soatni tashkil qilishi kerak. Tinchlanish va uxlab qolish uchun yarim soat avval uyquga yotgan yaxshi. Tun yarmida uyg‘onib ketadiganlarga mutaxassis telefonni yoqmaslikni, buning o‘rniga pol yoki o‘rindiqqa o‘tirib, meditatsiya bilan shug‘ullanishni tavsiya qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?