Foto: «Infoks.ru»
Teridagi kamchiliklarni har doim tonal krem bilan berkitish mumkindir, lekin ularning kelib chiqish sababi boshqa bir muammo bilan bog‘liqligini yashirib bo‘lmaydi va buni faqat shifokor aniqlay oladi. Ayniqsa, mutaxassisga tashrifni kechiktirish mumkin bo‘lmagan to‘rtta holat mavjud.
Qoshning siyraklashishi
Ko‘pgina ayollar buni yosh yoki qoshga haddan ortiq ishlov berish bilan bog‘laydi. Ha, yuqorida aytilganlarning barchasi qoshlarning qalinligiga ham ta’sir qilishi mumkin, ammo bundan ham jiddiyroq sabab bor. Qoshlarning siyraklashishi gipotireoz – qalqonsimon bez faoliyatida gormonlar yetishmasligining alomatidir. «Shuningdek, boshqa simptomlarga ham e’tibor berish kerak. Gipotireoz kasalligida bemor ko‘pincha charchoqni his qiladi, sovuqdan aziyat chekadi va terisi doimo haddan tashqari quruq bo‘ladi», – deydi Pensilvaniya universiteti Perelman tibbiyot maktabi dermatologi Syuzan Teylor. Agar barcha belgilar bir-biriga to‘g‘ri kelsa, shifokor ko‘rigiga borish zarur. Gipotireozni oddiy qon tekshiruvi bilan aniqlash mumkin.
Yuzda tuk va husnbuzarlarning ortishi
Aksariyat odamlarning yuzi tug‘ma tukli bo‘lishi mumkin, ammo husnbuzarlar stress oqibatida paydo bo‘ladi. Ammo keyinchalik ham yuz sohasida tukning o‘sishi va husnbuzarlar toshishi davom etsa, bu organizm erkaklik gormoni – testosteronni juda ko‘p ishlab chiqarayotganini anglatishi mumkin. Ba’zi hollarda bu polikistik tuxumdon sindromini ham ko‘rsatadi. Davolash uchun ginekologga murojaat qilish kerak. Bundan tashqari, insulinning yuqori darajasi erkak gormonlarining faoliyatini tezlashtirishga olib kelishi mumkin. Bunday holda shakar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilishni cheklash kerak.
Yanoqlarning qizarishi
Albatta, yuz turli sabablarga ko‘ra qizarishi mumkin: ba’zida uyalish hissidan, ba’zan esa issiq ob-havodan. Ammo ushbu sohadagi qizarish davomiy bo‘lsa va yoz mavsumida vaziyat yomonlashsa, bu volchakna – autoimmun kasalligining belgisi bo‘lishi mumkin. Bu kasallik teri tuberkulyozi deb ham ataladi. Qo‘shimcha alomatlar sifatida artrit, bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq kuzatiladi.
Ko‘z ostida qora dog‘lar
Ko‘z ostidagi shish va dog‘ suyuqlik bilan to‘ldirilgan yog‘ birikmalarining odatda joylashgan joyidan tashqarida harakat qilganda paydo bo‘ladi. Bu ratsionda tuzning me’yoridan ortiqligi yoki ko‘z yaqinidagi qon tomirlarini kengaytiradigan surunkali allergiya belgisi bo‘lishi mumkin. Agar halqalar qizarish bilan birga kuzatilsa, dermatomiozit uchun tekshiruvdan o‘tish kerak. Ushbu autoimmun kasallik mushak, bo‘g‘im og‘rig‘i va umumiy zaiflik bilan bog‘liq. Sog‘lom bo‘lish uchun shifokorga tashrifni kechiktirmaslik tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi