11:25 / 22.11.2021
2 543

Tanada shish paydo bo‘lishining 6 ta asosiy sababi

Tanada shish paydo bo‘lishining 6 ta asosiy sababi
Foto: Letidor
Agar kechagina loyiq kelgan libos bugun torlik qilsa, oyoq kiyimlar to‘satdan kichkina bo‘lib qolsa, demak, tanada suv to‘planayotgan bo‘lishi mumkin. Shish nima sababdan yuzaga kelganini aniqlash va muammoni bartaraf etish lozim.

Nosog‘lom turmush tarzi
Vaqti-vaqti bilan tayyor ovqat iste’mol qilish tufayi uning tarkibidagi tuz tanadagi suv muvozanatiga xalaqit beradi. Faol uglevodlar shakar darajasini oshiradi, bunga javoban tanada insulin ishlab chiqariladi, uning ortiqchasi buyraklarda tuzni qayta ishlashga majbur qiladi va muvozanat keskin buziladi. Agar shish tez-tez takrorlansa, shifokorga murojaat qilish lozim.

Gormonal kontratsepsiya
Tabletkalarning nojo‘ya ta’siridan tufayli tanada suv yig‘ilib turgan bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda shifokor ko‘rsatmasi bilan B6 vitaminini qabul qilish tavsiya etiladi.

Homiladorlik
Albatta, homiladorlik davrida shish paydo bo‘lishi mumkin. Bola qorin bo‘shlig‘ini bosishi onaning tanasi orqali qon oqimini sekinlashtiradi. Agar shish yengil bo‘lsa, tashvishlanishga hojat yo‘q.

Menopauza
Bu vaqt ichida gormonlar darajasi keskin o‘zgaradi va organizmda suvning to‘planishi tez-tez sodir bo‘lishi mumkin. Asosiysi, agar bu harakatlanishga xalaqit bermasa, tashvishlanishning keragi yo‘q.

Uzoq parvoz
Asosiy sabablar – bir holatda uzoq vaqt o‘tirish va ratsionga kiritilgan o‘zgartirish. Albatta, parvozdan keyin o‘tib ketadi.

Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar
Gormonal nomutanosiblik ham tanada suvni ushlab turishga olib kelishi mumkin. Ushbu holatda shifokorga murojaat qilish yaxshiroqdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tanada shish paydo bo‘lishining 6 ta asosiy sababi