20:47 / 07.12.2021
4 509

Umid Iskandarov sobiq rafiqasi Renata Iskandarova bilan ajrashishiga nima sabab bo‘lgan edi?

Umid Iskandarov sobiq rafiqasi Renata Iskandarova bilan ajrashishiga nima sabab bo‘lgan edi?
Aktyor Umid Iskandarov «Mirsodiqova bilan» YouTube kanaliga intervyu berdi. U suhbat davomida sobiq rafiqasi, grim ustasi Renata Iskandarova bilan turmushi buzilishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi.

«Turmush qurganidan keyin erkak ham, ayol ham ota-ona bo‘lishni istaydi. Renata ham buni orzu qilardi. Farzandli bo‘lsak, hamma ishimni tashlab, u bilan ovora bo‘laman, ko‘p farzandimiz bo‘ladi, derdi. Bo‘lmadi. Biz juda ko‘p harakat qildik. Bormagan joyimiz qolmadi. Oxiri borgan joyimizda hamma gapni yuzimizga aytishdi. Ikkalang ham soppa-sog‘san, shunchaki bir-biringga to‘g‘ri kelmaysizlar. Siz boshqaga uylanib, ayolingiz boshqaga turmushga chiqsa, farzandli bo‘lasizlar, deyishdi. EKU qilgim kelmadi, men bu narsani to‘g‘ri deb bilmadim.

Orada bolalar uyidan bola asrab olishni ham rejalashtirdik. Shu paytda otam tahlil natijalarini bildilar va ‘Mehribonlik uyidan oladigan bolaning ota-onasi, nasl-nasabini bilmaysan. Kelinga ket demaymiz, rozi bo‘lsa, seni yana bitta xotinga uylantirib qo‘ysin’, dedilar. Lekin qaysi ayol eriga ikkinchi xotin olib berishga rozi bo‘ladi?
», — deydi aktyor.

Umid va Renata Iskandarovalar
Shuningdek, aktyor qanday hollarda o‘zini yolg‘iz his qilishi hamda sobiq rafiqasini gohida sog‘inishi haqida ham gapirib o‘tdi.

«Ishlaringizni bitirib, uyga kelasiz. Divanga o‘zingizni tashlaysiz. Kimdir sizdan ‘qorningiz ochdimi?’, deb so‘rashini xohlaysiz. Yoki shunchaki o‘tirib kunim qanday o‘tgani haqida men bilan dildan suhbat quradigan odamni qo‘msayman. Shu narsani qadri o‘tadi. Agar buni boshimdan o‘tkazmaganimda bunaqa bo‘lmasmidi? Ayniqsa, ayol juda yaxshi pazanda bo‘lgan bo‘lsa. Mening ayolim oshxona qirolichasi bo‘lgan. Bir-bir sog‘inaman», — deydi Umid Iskandarov.

Ma’lumot uchun, Umid va Renata Iskandarovalar 2009 yilda turmush qurgan. Juftlik olti yil davom etgan turmushdan so‘ng 2015 yilda rasman ajrashgan. Ular ajrimdan so‘ng ham do‘stona munosabatlarni saqlab qolgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Umid Iskandarov sobiq rafiqasi Renata Iskandarova bilan ajrashishiga nima sabab bo‘lgan edi?