13:00 / 09.12.2021
1 962

Homiladorlik davrida koronavirusdan qanday himoyalanish kerak?

Homiladorlik davrida koronavirusdan qanday himoyalanish kerak?
Foto: Wday
Sog‘lig‘i har doim boshqalardan ko‘ra muhimroq bo‘lgan odamlarning maxsus toifasi mavjud, chunki ular zaif va bir vaqtning o‘zida ikkita jon bo‘lgan homilador ayollardir. Pandemiya davrida ularning salomatligini qanday himoya qilish kerak, degan savolga quyida javob topish mumkin.

Butun dunyoni zabt etgan virusli infeksiya kimdadir yengil kechsa, kimdir uchun jiddiy asoratlar qoldirmoqda. Tibbiy jihatdan dori-darmonlarni erkin qabul qiladigan bemorlardan farqli o‘laroq, homilador ayollar uchun mumkin bo‘lgan dorilar ro‘yxati kam. Chunki ular uchun ko‘plab qarshi ko‘rsatmalar mavjud. Ayniqsa, homilador ayollar yurak, o‘pka yoki endokrin tizimining surunkali kasalliklaridan ehtiyot bo‘lishi kerak.

Homilador ayollar o‘zlarini koronavirusdan qanday himoya qilishlari mumkin?
Jamoat joylarida, hatto odam kam yoki yo‘q bo‘lsa ham, himoya niqobi va qo‘lqop kiyishi lozim. Virus nafaqat odamdan odamga uzatiladi, balki ma’lum vaqt davomida yuzalarda ham mavjud bo‘lishi mumkin.

Qo‘lni yaxshilab yuvish, antiseptiklardan foydalanish va insonlar bilan bir yarim metr masofa saqlash shart. Shuningdek, odamlar ko‘p joydan qochishga harakat qilishi kerak.

Himoyalanishning mashhur hamda xavfsiz usullari mavjud. Burun yo‘llarini fizrastvor (fiziologik eritma) yoki dengiz suvi bilan yuvib turish mumkin. Ular bo‘shliqni bakteriyalardan tozalaydi, shishni yengillashtiradi, nafas olishni osonlashtiradi va dezinfeksiya qiladi.

Agar kasallik boshlansa, tomoqni chayish kerak. Buning uchun shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra buyurilgan dori vositalariga murojaat qilish mumkin yoki tomoq og‘rig‘i yengil bo‘lsa, moychechak qaynatmasi bilan yuvish tavsiya etiladi.

O‘simlik choylarini ichish kasallikning oldini olishda ajoyib yordamchidir. To‘plamda qizilmiya ildizi, yalpiz barglari, kalendula va moychechak gullari, yovvoyi bagulnik kurtaklari, timyan va boshqa o‘tlar mavjud bo‘lib, u nafas yo‘llarining yallig‘lanishini oldini olishga yordam beradi, shuningdek, bronxlarni balg‘amdan xalos qiladi.

Asal, limon va zanjabil choyi ham foydali. Ushbu komponentlar virus va bakteriyalarga qarshi zarba beruvchi kuch bo‘lib, ular immunitet tizimiga patogen mikroorganizmlar bilan kurashishga yordam beradi.

Vitamin va minerallar qabul qilish lozim. Yilning turli vaqtlarida tana ma’lum muhim mikroelementlarning yetishmasligini his qiladi va homilador ayollar ham doimo qo‘shimcha vitamin yordamiga muhtoj. Vitaminlarni qabul qilishdan oldin, tekshiruvdan o‘tish va shifokor bilan maslahatlashish muhimdir.

Xona havosini muntazam ravishda yangilab turish hamda buyumlarni nam sochiq bilan artishni amalga oshirish tavsiya etiladi. Shuningdek, shisha yuzalarni maxsus birikmalar bilan tozalashga alohida e’tibor berish kerak.

Agar koronavirusga shubha bo‘lsa, nima qilish kerak?

Har qanday xarakterli va og‘riqli alomatlarni e’tiborsiz qoldirmaslik va shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilish muhimdir. Homilador ayollarda koronavirus respirator infeksiya sifatida emas, balki diareya, ko‘ngil aynishi va qayt qilish kabi belgilar bilan ichak grippi sifatida davom etishi mumkin.

Kasallik yuqtirilgan bo‘lsa, o‘z-o‘zini davolash kerak emas, balki shifokor bilan maslahatlashish lozim. Faqatgina u homilador ayol uchun mumkin bo‘lgan dori-darmonlarni buyurishi mumkin. Shuningdek, u homiladorlikning trimestrini hisobga olgan holda tegishli davolanishni tanlaydi.

Har qanday holatdan pozitiv bo‘lish va vahima qilmaslik muhimdir. Homiladorlik paytida stress juda xavfli bo‘lib, u immunitet tizimiga hamda ona va bolaning ham sog‘lig‘iga ta’sir qiladi.

ON klinikasi vrach-terapevti, refleksolog Yelena Orlova homilador ayollarning koronavirusdan himoyalanishi haqidagi savolga javob beradi:
«COVID-19 virusi bilan kasallangan homilador ayollarda xuddi shu yoshdagi boshqa ayollarga qaraganda xavf yuqori. Bundan tashqari, homiladorlik davridagi koronavirus erta tug‘ruqqa olib kelishi mumkin. Qandli diabet va gipertoniya (yuqori qon bosimi) kabi jiddiy kasalliklarga chalingan ortiqcha vaznli homilador ayollar, ayniqsa, koronavirus asoratlarini rivojlanish xavfi ostida bo‘ladi.

Shuningdek, yoshi biroz katta ayollar uchun ham ushbu kasallik xavfli hisoblanadi. COVID-19 bilan kasallanishning oldini olish uchun homilador ayollar boshqa odamlar kabi profilaktika choralariga qat’iy rioya qilishlari kerak. Ijtimoiy masofa va niqoblar rejimiga rioya etish, xonalarni yaxshi ventilyatsiya qilish, qo‘llarni toza saqlash kerak. Bundan tashqari, homilador ayollar oilaviy shifokor bilan maslahatlashganidan keyin agar ma’qul ko‘rsa, koronavirusga qarshi emlanishi mumkin
».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Homiladorlik davrida koronavirusdan qanday himoyalanish kerak?