Foto: «Domashniy ochag»
Sochga saqich yopishib qolishi, afsuski, har qanday odam bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush holat. Vahima qilishning hojati yo‘q, buning uchun sochlardan ajralish shart emas! Quyida sochdan saqichni qaychisiz qanday qilib olib tashlashni ma’lum qilamiz.
Mayonez
Buning uchun saqichga bir choy qoshiq mayonez surtiladi, 5-10 daqiqaga qoldiriladi, so‘ng uni olib tashlash va sochni yuvish mumkin. Asos sifatida, yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan har qanday mahsulotni ishlatsa bo‘ladi. Yong‘oq yog‘i kabi pastaga o‘xshash yog‘dan foydalanish hamda uni sochlarga surtish osonroq. Yog‘ni eski tish cho‘tkasi yoki barmoqlar bilan zararlangan sochlarga qo‘llash lozim. Saqich boshdagi boshqa soch tolalarga tarqalib ketmasligi va bosh terisiga yopishmasligi uchun zararlangan joyning ostiga oddiy osh qoshiq qo‘yish kerak. Saqich yumshaganda, uni sochiq yoki ro‘molcha bilan olib tashlash, so‘ngra sochlarni shampun bilan yuvish tavsiya etiladi. Aytgancha, moyni vazelinga ham almashtirish mumkin.
Sovuq harorat
Bu usul agar saqich sochning uchiga yopishib qolsa, mos keladi. Katta idishdagi suvga bir necha osh qoshiq tuz qo‘shiladi va bir soat davomida muzlatib qo‘yiladi. Tuz suvni muzlashdan saqlaydi va suvni iloji boricha sovitishga imkon beradi. Keyin sochlar idish ichiga solinadi, shunda saqich muzlaydi. U qattiq va mo‘rt bo‘lib qoladi va sochlardan osongina olib tashlanadi. Muqobil variant – muz bo‘laklari. Ular faqat sochga qo‘llanadi va saqich muzlashi kutiladi. Keyin sochlar shampun bilan yuviladi.
Iste’mol sodasi
Qalin, xamirga o‘xshash aralashma hosil qilish uchun suv va iste’mol sodasi aralashtiriladi. Xamirni saqichga surtib, quriguncha kutiladi va keyin u cho‘tka bilan olib tashlanadi va soch shampun bilan yuviladi.
Limon
Limon sharbati quruq sochlar uchun konditsioner bilan aralashtiriladi. Olingan aralashma sprey idishiga quyiladi va saqichga sepiladi. Biroz vaqt o‘tgach, saqichni sochdan tarab, olib tashlash mumkin.
Tish pastasi
Tish pastasi yoki soch uchun ko‘pikni surtib, saqich ajralib chiqqunga qadar tarash tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Boy davlatlar iqlimni moliyalashtirishni oshirishga rozi bo‘ldi
Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
NATO bosh kotibi Donald Tramp bilan uchrashdi
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi