Foto: Marie Claire
Ba’zi ertalabki odatlar nafaqat kundan unumli foydalanishga, balki uzoq muddatda ishda va shaxsiy hayotda muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi.
Psixologlar va murabbiylar ko‘pincha hayotdagi ijobiy o‘zgarishlar uchun yaxshi odatlarni joriy qilish kerakligini aytadi. Buni esa ertalabdan boshlash yaxshiroqdir, chunki har kuni tonggi odatlar kunning qolgan qismini mukammal tartibga soladi.
Erta uyg‘onish
To‘g‘ri, ertalabki soatlarda inson ongi tiniq va konsentratsiyalangan bo‘ladi, u murakkab vazifalarni yaxshiroq bajaradi. Erta uyg‘onib, asta-sekin ish kunini rejalashtirish, telefon qo‘ng‘iroqlari va uchrashuvlar ro‘yxatini tuzish, ertangi kun haqida o‘ylashingiz va maqsadlar qo‘yishi mumkin.
Agar erta uyg‘onish muammo bo‘lsa, har kuni uyg‘otkichni odatdagidan 10-15 daqiqa oldin o‘rnatish tavsiya etiladi. Natijada organizm asta-sekin tongda uyg‘onishga odatlanib qoladi. Ammo erta uxlash muhim. Har qanday yaxshi odatni shakllantirish uchun kamida 20 kun kerakligini unutmaslik lozim.
Uyg‘oniboq telefonni qo‘lga olmaslik kerak
Mobil telefon ekranidan keladigan ko‘k nurlanish ko‘pincha uyqusizlikka olib keladi. Agar ertalabdan telefonga uzoq vaqt tikilib turilsa, bu tashvishlanish darajasini oshiradi. Ertalab esa, aksincha, samarali ishlarga tayyorlanishning ayni vaqti.
Tonggi badantarbiya yoki yengil gimnastika bilan shug‘ullanish
Ertalabki mashg‘ulot faollikni oshiradi va kun davomida energiyani saqlashga yordam beradi. Bu ong va organizm jismoniy hamda psixologik vazifalarni yaxshiroq yengishini anglatadi. Charchoq kamroq kuzatiladi.
Kunni yugurish yoki jismoniy mashqlar bilan boshlash yaxshidir. Jismoniy mashqlar paytida yurak va o‘pka kislorod bilan ta’minlanadi, qon yaxshi aylanadi, muhim organlar ozuqa moddalarini oladi, bularning barchasi tananing samaradorligini oshiradi. 30 daqiqalik mashg‘ulot miyani yanada tiniq va barqaror qiladi, diqqatingizni jamlaydi.
Och qoringa limonli bir stakan iliq suv ichish
Limonli bir stakan iliq suv chindan ham uyg‘onish va ko‘ngilni ko‘tarishga yordam beradi. Och qoringa suyuqlik ichish orqali organizm tezlashishga majbur bo‘ladi va maksimal mahsuldorlik bilan ishlash mumkin.
Och qoringa limonli suv suvsizlanishning oldini olishga yordam beradi. Limon tarkibida immunitet, nafas olish, qon aylanish va ovqat hazm qilish tizimlari uchun foydali kislotalar va ozuqa moddalarining katta miqdori mavjud. Bir so‘z bilan aytganda, limonli suv faqat foyda.
Yagona cheklov shundaki, agar surunkali kasalliklar mavjud bo‘lsa, ertalabki odatga ushbu foydali odatni kiritishdan oldin birinchi navbatda shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Meditatsiya
Miyani salbiy fikrlardan tozalash, tashvish va stressning oldini olish, organizmni dam olishga va atrofdagi dunyo bilan uyg‘unlikda his qilishga yordam berish uchun kun boshlanishidan oldin 5-10 daqiqa meditatsiya qilish kerak.
Buning uchun qulay pozitsiyani egallash kerak – yotgan yoki o‘tirgan holatda ko‘z yumiladi, yengil musiqani qo‘yiladi va fikrlashga boshlanadi. Ertalabki meditatsiya kayfiyatni yaxshilaydi va kundalik vazifalarni xotirjamlik bilan hal qilishga yordam beradi.
Sovuq va issiq dush
Suv haroratini navbatma-navbat sovuqdan issiqqa va aksincha o‘zgartirganda, suv amaliyoti organizm uchun stressdir. Ammo bu tufayli to‘qimalarda hujayralar uyg‘onib, yangilanish jarayonini boshlaydi. Tez-tez kontrastli dush qabul qiladigan odamlar kasallik va stressni kamroq boshdan kechiradi. Agar jarayon har kuni takrorlansa, terlash darajasi ham kamayadi, bu ayniqsa sport bilan faol shug‘ullanadiganlar uchun muhimdir.
Tana parvarishi
O‘z-o‘zini parvarish qilish tartib-qoidalari yoshlik, salomatlik, ajoyib ko‘rinish va kayfiyat bag‘ishlaydi. Dushdan oldin cho‘tka bilan massaj qilish mumkin, yuzga namlovchi niqob qo‘llash tavsiya etiladi. Yuvinishdan oldin siz barmoqlar yoki taroq bilan bosh uqalanadi. 10-15 daqiqa qon aylanishini yaxshilash uchun yetarli bo‘ladi.
Nonushta kunning asosiy taomidir
Ertalab organizmdagi metabolik jarayonlarning faolligi oshadi va u to‘yimli nonushtaga muhtoj. Oziq-ovqat energiya hisoblanadi, agar u ertalab soat 7 dan 10 gacha organizmga kirmasa, muvozanat buziladi va metabolizm sekin ishlay boshlaydi va kechqurun butunlay yo‘qoladi. Shuning uchun to‘yimli nonushta o‘rniga to‘yimli kechki ovqatni afzal ko‘radiganlar ortiqcha vaznga ega. Ertalab tanovul qilingan narsa energiyaga aylanadi. Sog‘lom nonushta sog‘lom yog‘lar, oqsil va kletchatkaga boy uglevodlardan iborat bo‘lishi kerak.
Vitamin qo‘shimchalarini qabul qilish
C va E «go‘zallik vitaminlari» deb ataladi. C vitamini kollagen sintezi uchun kerak. U teri va biriktiruvchi to‘qimalarning bir qismidir, yurak va qon tomirlarini himoya qiladi, xolesterinni kamaytiradi, immunitetni yaxshilaydi va kuchli antioksidant sanaladi. E vitamini miya, mushaklarning ishiga ta’sir qiladi, charchoqni kamaytiradi va organizmning reproduktiv funksiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U yoki bu vitamin kompleksini qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan oldindan maslahatlashuv zarur. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Pentagon AQSHning Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor eslatdi
Olimlar bakteriyalardan yangi antibiotik yaratdi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Yevropa Ittifoqi va AQSH «uchinchi dunyo»ga ekologiya uchun yiliga $300 mlrd bermoqchi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi