Shvetsiyalik mutaxassislar 800 nafar erkaklar ishtirokida tadqiqot o‘tkazib bevaqt yurak urishi tezligi va erta o‘lim orasida bog‘liqlik borligini aniqlashdi. Shvetsiya olimlari erkaklardagi bevaqt o‘lim alomatini aniqlashdi. Bu haqda MedicalXpress portali xabar qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, tinch holatda daqiqasiga 75 martadan ko‘p yurak urishi erkaklar o‘rtasidagi bevaqt o‘lim xavfini ikki baravarga oshirar ekan.
1973 yildan boshlab olimlar 1943 yilda Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida tug‘ilgan 798 nafar erkak ishtirokida tadqiqot o‘tkazishgan. Har bir ko‘ngilli anketa to‘ldirib, unda o‘z turmush tarzi, oilasidagi yurak qon-tomir kasalliklari tarixi va stress (qattiq hayajon, ruhiy zarba holati) darajasi haqida yozishgan.
So‘ngra mutaxassislar ularni yurak urish maromiga qarab to‘rt guruhga ajratishdi: daqiqasiga 55 marta va undan kam, 55-65, 65-75 hamda 75 marta va ko‘proq.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yuragi daqiqasiga 55 martadan ko‘p urgan ko‘ngillilar tamaki chekishgan va ko‘p hollarda stress holatini boshdan kechirishgan. Shu bilan birga, yuragi daqiqasiga 75 martadan ko‘p urgan kishilar boshqalarga nisbatan ikki marta ko‘proq yurak xastaliklariga chalingan. Bu esa ularning ushbu xastaliklardan bevaqt hayotdan ko‘z yumishlariga sabab bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
Konor Makgregor jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topildi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)