Foto: Legion Media
Uydagi changni qanchalik tez-tez artishingizdan qat’i nazar, quyoshli kunda pardani ochishingiz bilan havoda chang zarralarni ko‘rasiz. Bu uy yaxshi tozalanmagan degani emas, bunday zarralar muqarrar ravishda paydo bo‘ladi, ayniqsa shaharda yashasangiz. Natijada changni qanday artsangiz ham, u bir-ikki kunda yana paydo bo‘laveradi.
Changdan tozalashda patli supurgidan foydalanmang
Bunday buyumlar changni yaxshi olmaydi, aksincha uni har tomonga yoyadi. To‘zg‘igan chang zarralari muncha vaqt o‘tgach, yana yuzalarga tushadi. Mebel va buyumlarni changdan tozalash uchun tuklari changni ushlab qoladigan aylanuvchi elektrostatik supurgi sotib olgan ma’qul. Har bir tozalashdan keyin tuklarini yuvish kerak.
Ventilyator va vityajkalarni ham changdan tozalashni unutmang
Ularda har doim chang to‘planadi, keyin esa havoga sochiladi. Barcha havo teshiklarini yumshoq cho‘tka bilan tozalang, konditsioner filtrlarini ham yuvishni unutmang. Muzlatkichning orqasini, LCD televizor va tizim blokining shamollatish teshiklarini har doim changyutkichda tozalang. Bu bilan nafaqat uyingizni changdan tozalaysiz, balki buyumlarni uzoq vaqt yaxshi holatda saqlaysiz.
Changni quruq mato bilan artmang
Bunday usuldan hech qanday foyda yo‘q. Mikrofibrali matoni suvda ho‘llab, yaxshilab siqib oling yoki changga qarshi tozalash vositasidan foydalaning.
Polirolni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mebelga sepmang
Agar shunday qilgan bo‘lsangiz, bir muncha vaqt o‘tgach, mebelda changni yanada ko‘proq tortadigan plyonka paydo bo‘lishi mumkin. Keyin uni ketkazish uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Buning o‘rniga polirolni matoga sepib, yuza bo‘ylab artib oling. Keyin esa mebelni toza, quruq mato bilan arting.
Changyutgich filtrlarini doim tozalang
Filtr chang zarralarini ushlab turish uchun mo‘ljallangan, ammo u uzoq vaqt davomida tozalanmasa va almashtirilmasa, chang tarqatish manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Filtrni changyutgich ishlab chiqaruvchisi tomonidan tavsiya etilgan muddatda tez-tez o‘zgartiring.
Changni artgan ma’qulmi yoki changyutgichda tozalashmi?
Chang cho‘kishga moyil bo‘ladi, shuning uchun changyutkichda tozalashni eng yuqori sirtdan asta-sekin pastga tomon boshlash to‘g‘ri bo‘ladi. Oxirida esa pollarni changyutkich bilan tozalang (changyutgichlarning zamonaviy modellari chang zarralarini ushlab qoladi). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Boy davlatlar iqlimni moliyalashtirishni oshirishga rozi bo‘ldi
Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
NATO bosh kotibi Donald Tramp bilan uchrashdi
Kunning istalgan vaqtida yeyish mumkin bo‘lgan 5 ta mahsulot
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi