Bugun, 21 iyul kuni Markaziy bank asosiy stavkani belgilash masalasini ko‘rib chiqdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
«Hozirda O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Asosiy stavkani 1 foiz punktga, yillik 15 foiz darajasiga tushirishga qaror qildi», — deyiladi Markaziy bank xabarida.
2021 yilning yanvar, mart, aprel, iyun, sentabr, oktabr va dekabr oylarida Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz – yillik 14 foizda saqlab qolgandi.
Joriy yil 20 yanvarida Markaziy bank ham asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. 17 mart kuni O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 17 foizga oshirdi. Bundan tashqari, 21 aprelda asosiy stavkani yillik 17 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilindi.
Bundan tashqari, joriy yilning 9 iyunida Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz punktga, yillik 16 foiz darajagacha pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
2018 yil boshida asosiy stavka 14 foiz darajasida bo‘lgan bo‘lsa, 2019 yilda u 16 foizgacha ko‘tarildi. 2020 yil aprel oyida stavka 15 foizga tushdi. Koronavirus pandemiyasi va og‘ir iqtisodiy vaziyatda ham kurs baribir o‘zgarmadi. 2020 yil oxirida stavka 14 foizga tushirildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...