date

Prezident huzurida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kengashi tuziladi

Prezident huzurida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kengashi tuziladi
Prezident huzurida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuziladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida prezident administratsiyasi rahbariga ikki hafta muddatda ushbu kengash ishini tashkil qilish topshirildi.

Prezident so‘zini yakunlab, ayni paytda tadbirkorlar bilan fikr almashmoqda, ular taklif va tashabbuslarini tinglamoqda.

Avvalroq Savdo-sanoat palatasi hukumat bo‘ysunuvidan to‘liq chiqarilishi xabar berilgandi.

Savdo-sanoat palatasining o‘ziga hukumatga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan masala kiritish, tadbirkor manfaatini ko‘zlab Oliy sudga ariza berish hamda iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritish vakolatlari beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Prezident huzurida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kengashi tuziladi