13:09 / 07.09.2022
1 275

O‘zbekiston qoramol go‘shti importini oshirdi

O‘zbekiston qoramol go‘shti importini oshirdi
2022 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 116,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 26,9 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qoramol go‘shti importi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 10,5 ming tonnaga oshgan.

2022 yil 7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qoramol go‘shtini import qilgan davlatlar orasida Belarus yetakchilik qilyapti – 14,4 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

Qozog‘iston – 9,1 ming tonna;
Braziliya – 1,3 ming tonna;
Hindiston – 784 tonna;
Rossiya – 604 tonna.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston qoramol go‘shti importini oshirdi
ePN