Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
«O‘zbek brendi» ostida vino mahsulotlari eksport qilinmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Bugunga kelib O‘zbekiston O‘rta Osiyoda uzum va uni qayta ishlash mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Jahon bozorida uzumga bo‘lgan talab yil sayin oshib bormoqda. O‘zbekistonda uzumning ho‘l meva va quritilgan ko‘rinishda (mayiz) eksport qilish imkoniyatlari juda keng.
Mamlakat hududida uzumchilik sanoatini rivojlantirish uchun Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari iqlimi juda qulay hisoblanadi.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Farg‘ona tumanidagi «Fergana Frans» qo‘shma korxonasining mavjud 1 203 gektarlik yer maydonida uzum klasteri yaratilgan. Unda uzum yetishtirilib, qayta ishlanadi va vino mahsulotlari tayyorlanadi.
Mahsulotlar Rossiya, Latviya, Litva, Ozarbayjon, Xitoy kabi xorijiy davlatlarga «O‘zbek brendi» ostida eksport qilinadi va ichki bozorga ham chiqariladi.
Xususan, 2021 yilda korxona tomonidan 2,5 million 500 dollar miqdorida vino mahsulotlari eksport qilingan.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Yillik ishlab chiqarish hajmi 6,5 ming tonna bo‘lgan korxonaga tumandagi 101 ta fermer xo‘jaliklari biriktirilgan.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 42 ta alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda 72 ta uzum xom ashyosini qayta ishlash punktlari mavjud.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Shuningdek, ushbu korxonalardan 16 tasi tabiiy vino ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi koroxonalardir.
Vino, meva vinolari va konyak mahsulotlarining eksport geografiyasi Kongo, Litva, Italiya, Chexiya, Turkiya, Armaniston, Gruziya, Hindiston, Mo‘g‘o‘liston, Isroil va Ispaniya kabi davlatlar hisobiga kengayishi kutilmoqda va shu borasida tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi