16:23 / 22.02.2015
8 420

Ozarbayjon poytaxtida valyuta sotish to‘xtatib qo‘yildi

Ozarbayjon poytaxtida valyuta sotish to‘xtatib qo‘yildi

Ozarbayjon poytaxti Bokudagi valyuta ayirboshlash shoxobchalarida valyuta sotish to‘xtatib qo‘yildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” axborot agentligi.

Shahar banklarida valyuta olish uchun uzun navbatlar yuzaga kelgan; valyuta sotilishining to‘xtatib qo‘yilishi sabablari yuzasidan izoh berilmayapti.

“Bir kechada milliy valyuta narxi keskin tushib ketdi va soat sayin manatning narxi tushib boraveradi, degan fikrdamiz. Shuning uchun xorijiy valyuta sotishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydik”, – deydi Bokudagi valyuta ayirboshlash shoxobchalaridan birining vakili.

Avvalroq, Ozarbayjon manati kursi dollarga nisbatan bir kunda 33,5 foizga qadrsizlangani haqida xabar berilgan edi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ozarbayjon poytaxtida valyuta sotish to‘xtatib qo‘yildi