997
"PROMXIM IMPЕX" korxonasiga 1250,0 mln so‘m QQS bo‘yicha ortiqcha to‘langan summa qaytarib berildi
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash” shu’basi xodimlari tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida tadbirkorlik sub’ektlariga manzilli ko‘mak berish yuzasidan muntazam amaliy ishlar tashkil qilinmoqda.
Xususan, Zangiota tumanida faoliyat yuritib kelayotgan "PROMXIM IMPЕX" ma’suliyati cheklangan jamiyati mahsulotlariga bugun ichki bozorda talab katta. Ayni paytda 71 nafar ishchi xodimlar mehnat qilib kelayotgan ushbu korxonaga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi hamkorlar bilan ishlash ancha samarali bo‘lyapti.
E’tiborlisi, ushbu korxonaga biriktirilgan davlat soliq xizmati organlari xodimlari “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida korxonaning dastlabki buxgalteriyasini yuritish, ayniqsa, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish tartiblarini tushuntirishda tadbirkorning doimiy maslahatchisi bo‘lib kelmoqdalar.
Aytish kerakki, bugungi kunda davlat soliq xizmati xodimlari tadbirkorlarning ko‘makchisi va biznes hamkori sifatida ish olib bormoqdalar. Xususan, ularga kreditlar ajratish, dastlabki buxgalteriyasini yuritish, soliq imtiyozlarini qo‘llash tartiblarini tushuntirishda tadbirkorlarning doimiy maslahatchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Toshkent viloyati davlat soliq organi xodimlari tomonidan “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida 2022 yilning o‘tgan 8 oy davomida jami 19391 ta tadbirkorlik sub’ektining turli muammolarini hal etishda amaliy ko‘mak berdilar.
Shundan, dastlabki buxgalteriyasini yuritish bo‘yicha 2987 ta korxonaga, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish borasida 2165 ta, Ye-aktiv AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha 2499 ta, Ye-ijara AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha 2510 ta korxonalarga hamda iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan 44 ta korxonaga kreditlar ajratilishiga ko‘maklashildi.
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmaci axborot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari