940
O‘zbekistonda 400 ga yaqin parrandachilik korxonasiga 221 mlrd so‘m subsidiya berildi
O‘zbekistonda 387 ta parrandachilik korxonasiga 221,1 milliard so‘m subsidiyalar berildi. Bu haqda AOKAda «Parrandasanoat» uyushmasi raisi va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, respublikada 1300 dan ortiq korxona mavjud bo‘lib, ular tomonidan 2022 yilning 8 oyida 5,05 milliard dona tuxum (yillik prognozga nisbatan 60,1 foiz ko‘p) hamda 359,7 ming tonna (yillik prognozga nisbatan 60 foiz ko‘p) parranda go‘shti ishlab chiqarildi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 iyuldagi 434-sonli qaroriga asosan parrandachilik korxonalariga realizatsiya qilgan mahsulotlari uchun subsidiyalar ajratilmoqda. Bugungi kungacha jami 387 ta parrandachilik korxonasiga 221, 1 milliard so‘m, shundan — parranda go‘shti yetishtiruvchi 230 ta korxonaga 67,5 ming tonna uchun 165, 8 milliard so‘m, tuxum ishlab chiqaruvchi 157 ta korxonaga 1,1 milliard dona tuxum uchun 55,61 milliard so‘m mablag‘ berildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi